O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun joriy yil 18-20-sentabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi doirasida qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ishtirok etish uchun joriy yil 18-20-sentabr kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi doirasida qator davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan uchrashdi. Jumladan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagard va Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan muzokaralar samarali bo‘ldi.

Davlatimiz rahbarining tashrifi yakunlari jahon ommaviy axborot vositalari, jumladan, Amerika Qo‘shma Shtatlari matbuoti diqqat markazida bo‘lib turibdi. Xususan, "New York Post" gazetasida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning uchrashuvlari haqida maqola chop etildi. Quyida ushbu material matni keltirilmoqda:

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida ishtirok etish uchun Nyu-York shahriga tashrifi doirasida 2017-yil 19-sentabr kuni Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) farmoyish beruvchi direktori Kristin Lagard bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikning bugungi holati hamda O‘zbekiston va XVJ o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, O‘zbekistonda biznes va investitsiya muhitini yaxshilash masalalarini muhokama qildi.

Kristin Lagard 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan iqtisodiy va tarkibiy islohotlar muvaffaqiyatli kechayotganini qayd etdi. O‘zbekiston uchun muhim tarixiy ahamiyatga ega ushbu islohotlar qat’iyat bilan, chuqur o‘ylangan holda, aholini ijtimoiy muhofaza qilish masalalari va xalq manfaatlari hisobga olinib, bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganini ta’kidladi.

XVJ rahbari Jamg‘arma texnik yordam va iqtisodiy siyosat masalalari bo‘yicha tavsiyalar taqdim etish orqali O‘zbekiston moliyaviy tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston XVJni o‘zining muhim moliyaviy-iqtisodiy sherigi deb hisoblashi va o‘zaro investitsiyaviy aloqalarni yanada kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etdi.

Uchrashuv yakunida Kristin Lagard islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun O‘zbekiston bilan tegishli sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lida mavjud barcha imkoniyatlarni ishga solishini bildirdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashrifi doirasida Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda Amerikaning dunyoga mashhur General Motors, Boeing, General Electric, CNH Industrial, Honeywell kabi qator korporatsiyalari, boshqa firma va kompaniyalari muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganiga misollar keltirdi.

«Biz AQShning yetakchi kompaniyalari O‘zbekistonda, avvalo, tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologik quvvatlar yaratishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda yanada keng ishtirok etishidan manfaatdormiz. Investitsiyalar haqida so‘z yuritganda, biz, birinchi navbatda, moliyaviy resurslar jalb qilishga emas, balki tashqi bozorda xaridorgir bo‘ladigan raqobatbardosh tovar va brendlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan ilg‘or texnologiyalarni, boshqaruvning zamonaviy va korporativ usullarini joriy etishga intilmoqdamiz», deb ta’kidladi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.

Kerolin Lemm Prezident Shavkat Mirziyoyevga Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi faoliyatiga davlat tomonidan qaratilayotgan e’tibor va ko‘mak uchun minnatdorlik bildirdi. Ikki tomonlama tadbirlar, jumladan, palata uchrashuvlari va biznes forumlarini muntazam tashkil etish o‘zaro savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni yanada kengaytirishga yangi sur’at berishini ta’kidladi".

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
New York Post gazetasi O‘zbekiston Prezidentining uchrashuvlari haqida maqola chop etdi