O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning joylarda saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etmoqda. O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 16-fevral kuni Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 12-Xorazm okrug saylov komissiyasining raisi A.Rahimov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili M.Qurbonboyev yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Dasturda jamiyatda qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolat tamoyillarini ta’minlash, qonunlarning mukammal, yuqori sifatli va barqarorligiga erishish, ularni kundalik hayotga tatbiq etishning ishonchli mexanizmlarini yaratish, shuningdek, qonun ijodkorligi jarayonida adolat g‘oyasini tatbiq etish, ilm-fanni rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish hamda tashqi siyosatda milliy manfaatlar ustuvorligini ta’minlash kabi muhim vazifalar ilgari surilgan. Ayniqsa, dasturda dunyo siyosiy amaliyotida keng qo‘llaniladigan va tan olingan sotsial-demokratik g‘oyalar xalqimizning mentalitetiga uyg‘un holda ifoda etilgan.

“Adolat” SDP viloyat kengashi raisi N.Eshmetov, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filialining “Tillar, pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti D.Olimova va boshqalar nomzodning dasturi va undagi vazifalar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Saylovchilarni 2015-yil 29-mart kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Narimon Umarovning xorazmlik saylovchilar bilan uchrashuvi