O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 21-fevral kuni Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 9-Surxondaryo okrug saylov komissiyasining raisi A.Ahmedov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili Sh.Hayitov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov nutq so‘zlab, saylovoldi dasturida ilgari surilgan asosiy yo‘nalishlar haqida ma’lumot berdi.

20.jpg

Dasturda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlab, jamiyatda qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolat tamoyillarini ta’minlash, iqtisodiyotning ijtimoiy yo‘naltirilishini kuchaytirish, aholi turli ijtimoiy guruh va qatlamlarining turmush sifati va darajasini yanada oshirish kabi muhim vazifalar belgilangan. Ijtimoiy ahamiyatga molik fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarining sog‘liqni saqlash, ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida muammolarni hal qilishdagi ishtirokini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Uchrashuvda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Denov tumani kengashi raisi A.Bo‘riyev, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 3-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi D.Mo‘minova, Termiz axborot texnologiyalari va maishiy xizmat kasb-hunar kolleji direktori O‘.Toshboyev va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, saylovchilarni Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Prezident saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Narimon Umarovning Surxondaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi