O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 19-fevral kuni Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 8-Sirdaryo okrug saylov komissiyasining raisi Sh.Mamatqulov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili M.Altmisheva yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov nutq so‘zlab, saylovchilarga o‘z saylovoldi dasturining asosiy yo‘nalishlari haqida ma’lumot berdi.

14c.JPG

Dasturda O‘zbekistonda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash vazifasi davlat, hokimiyat, biznes va fuqarolik jamiyati institutlarining sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishni talab etishi alohida ta’kidlangan. Bu borada ijtimoiy taraqqiyot dasturlarini keng jamoatchilik ishtirokida ekspertizadan o‘tkazish, birinchi navbatda, tuman va shaharlar miqyosida jamoatchilik nazorati yuzasidan chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi, ijtimoiy ahamiyatga molik fuqarolik tashabbuslarini yoqlab, nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, ularning sog‘liqni saqlash, ta’lim, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi muammolarni hal qilishdagi ishtirokini yanada kengaytirishga e’tibor qaratilgan.

Uchrashuvda Sirdaryo tumanidagi 13-umumta’lim maktabi o‘qituvchisi S.Elmurodov, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi o‘rinbosari D.Abdullayeva va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Saylovchilarni 2015-yil 29-mart kuni o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Narimon Umarovning Sirdaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi