Narimon Umarovning Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 21-fevral kuni Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 21-fevral kuni Qashqadaryo viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.
Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 13-Qashqadaryo okrug saylov komissiyasining raisi I.Jo‘rayev ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili A.Ahmedov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.
Dasturda siyosiy islohotlarning yanada chuqurlashtirilishi, demokratik qadriyatlarning mustahkamlanishi va rivojlanishi, jamiyatda adolat, inson huquq va erkinliklari ustuvorligini ta’minlash, boshqaruvda ochiqlik, shaffoflik va hisobdorlik tamoyillarini ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muhim masalalarini yechish yuzasidan qarorlar shakllantirish va qabul qilish jarayonida jamoatchilikning faol ishtirokini ta’minlash, ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiy loyiha va dasturlarning davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi kabi g‘oyalar ilgari surilgan.
Uchrashuvda partiyaning Muborak tumani kengashi raisi R.Hamroyev, Koson pedagogika-iqtisodiyot kolleji direktori M.Mustafoyeva va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturi haqida fikr-mulohazalarini bildirib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ko‘ppartiyaviylik va muqobillik asosda o‘tayotgani mamlakatimizda demokratiya tamoyillariga amal qilinayotganidan, milliy saylov tizimimiz xalqaro normalarga to‘la mos kelishidan dalolat ekanini ta’kidladi. Saylovchilarni 2015-yil 29-mart kuni bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.