O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov 18-fevral kuni Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 4-Jizzax okrug saylov komissiyasining raisi A.Sattorov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili R.To‘ychiyev yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Narimon Umarov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Jizzax Adolat2.JPG

Nomzodning dasturida iqtisodiyotning istiqboldagi talablaridan kelib chiqqan holda, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, mutaxassislarni tayyorlashda mehnat bozori ehtiyojidan kelib chiqish zarurligiga alohida e’tibor qaratilgan. Oliy o‘quv yurtlarining innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning fan, ishlab chiqarish va iqtisodiyot bilan hamkorligini mustahkamlash, mamlakat ta’lim tizimining mutaxassislarni maqsadli tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, ilm-fan va ta’limga sarmoyalar, shuningdek, yangi texnologiyalar kiritish masalasi muhim vazifa ekani belgilangan.

Uchrashuvda “Adolat” SDP Zarbdor tumani kengashi raisi O.Ochilov, Mirzacho‘l tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bo‘lim mudiri X.Abduraimov, Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti qoshidagi “Sayiljoy” akademik litseyi o‘qituvchisi D.Hakimova va boshqalar Prezidentlikka nomzodning saylovoldi dasturi va unda belgilangan ustuvor vazifalar xususida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, Prezident saylovi ko‘ppartiyaviylik hamda muqobillik asosida, demokratik tamoyillarga mos tarzda o‘tayotganini ta’kidladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Narimon Umarovning Jizzax viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi