O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Namangan tumanidagi “Merrymed Farm”mas’uliyati cheklangan jamiyatida bo‘ldi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda farmatsevtika sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun qulay sharoitlar yaratish, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi va turini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.

“Merrymed Farm” mas’uliyati cheklangan jamiyati xitoylik hamkorlar ishtirokida tashkil etilgan. Korxona faoliyati farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqarish, saqlash, transport-logistika, marketing jarayonlarini to‘laligicha o‘zida qamrab olgan. Ish jarayoniga yuqori texnologik uskunalar va elektron axborot nazorat qilish tizimlari joriy etilgan.

“Merrymed Farm” MChJ import o‘rnini bosuvchi 10 farmakologik guruhdagi 100 dan ortiq turdagi dori vositalarini ishlab chiqarmoqda.

Korxona o‘simlik va sintetik xomashyodan dori vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan qator soliq va bojxona imtiyozlari tufayli korxonada so‘nggi yillarda ishlab chiqarish hajmi sezilarli darajada ortdi. Tabletkalar, kapsulalar, mazlar, galen mahsulotlari, suspenziyalar, infuziyalar, ineksiyalar, quruq kukun ko‘rinishidagi antibiotiklar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Korxona zamonaviy farmatsevtik uskunalar bilan jihozlangan. Korxonada 300 ga yaqin ishchi mehnat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev korxona faoliyati bilan tanishdi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar, ishchilarga yaratilgan sharoitlar bilan qiziqdi. Korxonada amalga oshiriladigan yangi loyihalar haqida ma’lumot berildi.

Sohani yanada rivojlantirish uchun dunyo tajribasini o‘zlashtirish kerak, dedi Prezidentimiz. Bu borada import o‘rnini bosuvchi, sifatli dorilar ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratish lozim.

Farmatsevtika yo‘nalishida yangi korxonalar qurishda aholi talabini o‘rganish, mamlakatimiz hududlarida turli dori vositalarini ishlab chiqarishni keng yo‘lga qo‘yish kerakligi ta’kidlandi.

Bu bozorda bir turdagi dori vositalari emas, turli farmakologik guruhdagi dorilar ko‘payishi va import o‘rnini egallashiga imkoniyat yaratadi, dedi davlatimiz rahbari.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farmatsevtika sohasida ishlab chiqarish hajmi kengaymoqda