Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

24.08.2018 17:35 Chop etish versiyasi

Muzokaralar ochiq va amaliy ruhda oʻtdi

Muzokaralar ochiq va amaliy ruhda oʻtdi Turkmanboshi shahrida boʻlib oʻtgan Orolni qutqarish xalqaro jamgʻarmasi taʻsischi davlatlari rahbarlari majlisi yakunida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifing boʻldi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Davlat rahbarlari Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish, Orolboʻyidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni yaxshilash, suv va ekologiya bilan bogʻliq muammolarni birgalikda hal qilishga kelishib olinganini qayd etdi.

Shavkat Mirziyoyev Orol muammosi mintaqa hayoti va kelajagiga daxldor dolzarb masala ekani, muzokaralarda anchadan buyon toʻplanib qolgan savollar ochiq va konstruktiv muhokama qilinganini, endi qogʻozdan amaliy ishga oʻtilishini taʻkidladi.

Oʻzbekiston ilgari surgan taklif va loyihalar taʻsischi davlatlar tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

OʻzA
1 914