O‘zA O`zbek

01.10.2018 Chop etish versiyasi

Oʻzbekiston – Hindiston: oʻzaro hamkorlik 20 hujjatga boyidi

Oʻzbekiston – Hindiston: oʻzaro hamkorlik 20 hujjatga boyidi

Oliy darajadagi Oʻzbekiston – Hindiston muloqoti yakunida imzolangan hujjatlarni oʻzaro almashish marosimi boʻlib oʻtdi.

Nyu-Dehli, 1 oktyabr. 

OʻzA maxsus muxbiri Matnazar Elmurodov xabar qiladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modining Qoʻshma bayonoti qabul qilindi.


Shuningdek, turizm, farmatsevtika, fan, texnika va innovatsiyalar, huquq va adliya, sogʻliqni saqlash va tibbiyot ilmi, harbiy taʼlim, ilmiy-texnik sohalarida, qishloq xoʻjaligi va turdosh tarmoqlarda, kosmik fazoni tadqiq etish va undan tinchlik maqsadlarida boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir 20 ta hujjat imzolandi.


Ular ichida Oʻzbekiston – Hindiston ishbilarmonlik kengashini tashkil etish toʻgʻrisidagi bitim, shuningdek, Andijon viloyati bilan Hindistonning Gujarat shtati, Samarqand shahri bilan Agra shahri oʻrtasida aloqalarni yoʻlga qoʻyish, Andijon shahrida Erkin farmatsevtika zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi kelishuvlar alohida ahamiyatga ega.


Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev va Narendra Modi muzokaralar oʻzaro anglashuv va hurmat ruhida oʻtganini, muhokama etilgan masalalar boʻyicha aniq natijalarga erishilgani, imzolangan hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlikni yangi – tarixiy bosqichga koʻtarishda muhim asos boʻlib xizmat qilishini alohida taʼkidladilar.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Hindiston Respublikasiga davlat tashrifi davom etmoqda.


51be1e1e-768a-8b78-8b73-87857dc5f8be.jpg


323549c2-9e25-e14e-560e-68a4dada8dcb.jpg

b203809c-1eb4-511f-2e9e-b76ee6edcee8.jpg

8c4158f4-ca7b-ecde-2e74-c56c8d5c24bf.jpg

2 912
OʻzA