Toshkentda 29-noyabr kuni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Markaziy Osiyo xalqlarini koʻp asrlik qardoshlik rishtalari, mushtarak tarix, maʼnaviy va madaniy qadriyatlar, oʻxshash til va mentalitet birlashtirib turadi. Taʼbir joiz boʻlsa, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston bir qoʻlning besh barmogʻidek hamisha bir-biriga suyangan, yelkadosh boʻlgan. Umumiy tarixiy merosga ega xalqlarimizning barqaror rivojlanishi va farovon kelajagini bir-biridan ayri holda tasavvur etib boʻlmaydi.

Shu bois Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev saylovoldi dasturidayoq tashqi siyosatni amalga oshirishda barcha davlatlar, birinchi navbatda, qoʻshni mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlar va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratgan edi.

Bu maqsadlar 2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida oʻz ifodasini topdi. Chuqur oʻylangan, oʻzaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat yuritish, Oʻzbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va yaxshi qoʻshnichilik muhitini mustahkamlash, davlat chegaralarini delimitatsiya va demarkatsiya qilishni hal etish kabi masalalar ustuvor yoʻnalishlar etib belgilandi.

Oʻtgan qisqa vaqtda bu borada tarixiy qadamlar qoʻyildi. Chegaradan oʻtish, suvdan foydalanish kabi oʻtkir muammolar hal etildi. Chegaralar ochildi, oʻzaro bordi-keldi koʻpaydi.

Prezidentimiz ilk davlat tashriflarini qoʻshni mamlakatlarga amalga oshirdi. Turkmaniston, Qirgʻiziston va Tojikiston bilan strategik sheriklik munosabatlari oʻrnatildi. Qozogʻiston bilan strategik sheriklikni yanada chuqurlashtirish borasida muhim hujjatlar imzolandi.

Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan umumiy chegaraga ega Oʻzbekistonning bu saʼy-harakatlari butun mintaqadagi muhitga ijobiy taʼsir koʻrsatdi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi ana shunday yaxshi qoʻshnichilik muhiti, xalqlar oʻrtasidagi doʻstlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan ezgu tashabbusdir.

Mazkur anjuman tarixiga nazar tashlasak, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bu haqda ilk bor Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan turib aytgan edi. 2017-yil sentyabr oyida boʻlib oʻtgan BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasidagi nutqida davlatimiz rahbari “Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan Oʻzbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qoʻshnichilik hududiga aylanishidan bevosita manfaatdordir. Tinch-osoyishta, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan Markaziy Osiyo – biz intiladigan eng muhim maqsad va asosiy vazifadir. Oʻzbekiston oʻzaro muloqot, amaliy hamkorlik va yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlashning qatʼiy tarafdoridir”, deya taʼkidladi.

Oʻsha yili noyabr oyida Samarqandda BMT shafeligida oʻtkazilgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yoʻlidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro anjumanda Prezidentimiz Markaziy Osiyoga oid dolzarb masalalar boʻyicha mintaqa mamlakatlarining saʼy-harakatlarini birlashtirish, buning uchun Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini muntazam yoʻlga qoʻyishni taklif etdi.

Bu tashabbusni mintaqadagi barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar qoʻllab-quvvatladi. Elboshi Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan, birinchi Maslahat uchrashuvi 2018-yil 15-martda Qozogʻistonda boʻlib oʻtdi. Unda mintaqa mamlakatlari oʻrtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, terrorizm, diniy ekstremizm, narkotik moddalar va qurol-yarogʻ kontrabandasiga qarshi birgalikda kurashish, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Davlatimiz rahbari taklifining ijobati sifatida 2018-yil 22-iyun kuni BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Markaziy Osiyo boʻyicha maxsus rezolyutsiya qabul qilingani mintaqaviy hamkorlik rivojiga mustahkam zamin yaratadigan yana bir tarixiy voqea boʻldi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan Oʻzbekiston tashqi siyosatida “Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yoʻnalish” tamoyili amalda tatbiq etila boshladi. Barcha qoʻshnilarimiz bilan doʻstona va oʻzaro ishonch ruhidagi munosabatlarni yanada mustahkamlash asosiy vazifalardan biriga aylandi.

Qozogʻiston Oʻzbekistonning asosiy savdo sheriklaridan sanaladi. 2018-yilda ikki mamlakat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 50 foiz oʻsib, 3 milliard dollardan oshgan. Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida bu koʻrsatkich 2,9 milliard dollarni tashkil etdi.

Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya samarali faoliyat olib bormoqda. Yurtimizda Qozogʻiston kapitali ishtirokida 766 ta, Qozogʻistonda esa Oʻzbekiston rezidentlari ishtirokida qariyb 200 korxona ochilgan. Avtomobil va temir yoʻllar orqali yuk tashish hajmi ham oʻsgan. Mamlakatlarimizning yirik shaharlari oʻrtasida avtobus va samolyotlar qatnovi yoʻlga qoʻyilgan.

Qirgʻiziston bilan aloqalar ham kengaymoqda. Xususan, 2018-yilda ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 481 million dollardan oshgan boʻlsa, joriy yilning yanvar-oktyabr oylaridayoq keskin oʻsib, 703 million dollarga yetgan.

Ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya ishlamoqda. Oʻzbekistonda Qirgʻiziston vakillari ishtirokida 150 ta, Qirgʻizistonda esa yurtimiz kapitali ishtirokida 51 korxona ochilgan. Hududlararo aloqalar, sanoat kooperatsiyasi ham izchil rivojlanmoqda.

Keyingi yillarda Tojikiston bilan hamkorlik ham faollashdi. Masalan, 2018-yilda mamlakatlarimiz oʻrtasidagi oʻzaro savdo hajmi 389 million dollardan oshgan boʻlsa, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida bu koʻrsatkich qariyb 30 foiz oʻsib, 408 million dollarga yetgan.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiya tuzilgan. Ikki mamlakatda oʻzaro hamkorlikda tuzilgan oʻnlab korxonalar ishlab turibdi. Madaniy-gumanitar va turizm sohasidagi aloqalar ham kengaymoqda.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari sammitining asosiy voqealari 29-noyabr kuni Koʻksaroy qarorgohida boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev dastlab sammit mehmonlari bilan uchrashuvlar oʻtkazdi.

Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev bilan uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, unga Oʻzbekistonning mintaqa mamlakatlari yetakchilari uchrashuvlarini oʻtkazish tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani uchun yana bir bor minnatdorlik bildirdi.

Birgalikdagi saʼy-harakatlar tufayli keyingi yillarda Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi anʼanaviy yaqin munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi, aniq amaliy mazmun bilan boyidi.

Elboshi Nursulton Nazarboyev, oʻz navbatida, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan ilk bor 2018-yili Nur-Sulton shahrida oʻtgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlari mintaqada koʻp qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani hamda sheriklikning amaliy loyihalarini ilgari surish uchun samarali maydon vazifasini oʻtayotganini taʼkidladi.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarga oid, shuningdek, global va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashuvda davlat rahbarlari Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi koʻp asrlik doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Turli darajalardagi aloqalar faollashgani, tovar ayirboshlash ortayotgani, gumanitar almashinuvlar jadallashgani alohida taʼkidlandi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi. Tomonlar Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Toshkentdagi Maslahat uchrashuvi mintaqa mamlakatlari oʻrtasidagi aloqalarni yanada faollashtirish hamda doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va oʻzaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini mustahkamlashga salmoqli hissa qoʻshishiga ishonch bildirdilar.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan muloqotda strategik sheriklik darajasiga koʻtarilgan koʻp qirrali Oʻzbekiston – Tojikiston hamkorligi rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Hamkorlikdagi saʼy-harakatlar tufayli bugun savdo-iqtisodiy munosabatlar faol rivojlanmoqda. Oʻzaro savdo hajmi ortmoqda, turli tarmoqlardagi kooperatsiya kuchaymoqda, madaniy-gumanitar almashinuv kengaymoqda.

Uchrashuvda qardosh mamlakatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar koʻrib chiqildi.

Davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasida doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash borasida intilishlari qatʼiy ekanini taʼkidladilar.

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz hamkorligining dolzarb masalalari va ularni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar. Davlat rahbarlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Shundan soʻng Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvi boshlandi.

Suratga tushish marosimidan soʻng delegatsiyalar rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qozogʻiston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev, Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirok etdi.

Sammitda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi.

Davlatimiz rahbari majlis ishtirokchilarini samimiy qutlab, ushbu uchrashuv hayot talabi, tomonlarning doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilikni mustahkamlash, sheriklikni kengaytirishga intilishi ifodasi ekanini taʼkidladi.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining siyosiy irodasi va birgalikdagi saʼy-harakatlari tufayli oxirgi yillarda koʻplab murakkab masalalarga yechim topildi. Bu ijobiy oʻzgarishlar xalqlarimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlandi hamda butun dunyoda yuqori baholandi.

Shu bilan birga, tez oʻzgarayotgan dunyoda yangidan-yangi masalalar kun tartibiga chiqmoqda. Mintaqaviy xavfsizlikka tahdidlar, barqaror rivojlanishga halal beruvchi omillar paydo boʻlayotir. Bu oʻzaro ishonchga asoslangan sheriklikni mustahkamlashni, saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirishni talab etmoqda.

Yetakchilarning mazkur uchrashuvi oliy darajadagi mintaqaviy muloqotni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi.

– Yaratganning inoyati bilan biz qoʻshnilarmiz. Xalqlarimizning tarixi va taqdiri, kelajagi chambarchas bogʻliq. Bu esa mintaqamizni birlashtiruvchi katta kuchdir, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari Markaziy Osiyoda koʻp tomonlama hamkorlik boʻyicha yagona nuqtayi nazarni kelishish zarurligini taʼkidlab, uning asosiy yoʻnalishlari haqida oʻz fikrlarini bildirdi, qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Bu, avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirishdir. Katta bozorga ega, tabiiy xomashyo va inson resurslari salmoqli boʻlgan mintaqamizning raqobatdosh ustunliklarini imkon qadar toʻliq ishga solish muhim. Qoʻshimcha qiymat zanjirini shakllantirish, mintaqa ichida savdoni kengaytirish, ish oʻrinlari yaratish maqsadida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yangi imkoniyatlarni aniqlash va kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish lozim.

Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, avtomobilsozlik, elektrotexnika, toʻqimachilik sanoati, agrar tarmoqda faol hamkorlik qilishga tayyor ekani bildirildi.

Ikkinchi muhim yoʻnalish – mintaqaning transport jihatidan oʻzaro bogʻliqligini mustahkamlash va tranzit salohiyatini roʻyobga chiqarish.

Markaziy Osiyoning transport tizimi yaratilayotgan zamonaviy logistika infratuzilmasidan foydalangan holda mintaqa ichida uzluksiz kommunikatsiyani taʼminlashi, shuningdek, tobora ortib borayotgan tranzit oqimlariga samarali xizmat qilishi lozimligi taʼkidlandi.

Uchinchidan, mintaqamizning uzoq muddatli manfaatlarini hisobga olgan holda, energetika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish zarurligi, Oʻzbekiston qayta tiklanuvchi energiya manbalarining ulushini oshirish, zamonaviy energetika infratuzilmasini yaratish borasidagi qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekani taʼkidlandi.

Mamlakatlarimizning ulkan turizm salohiyatini amalga oshirish yana bir istiqbolli yoʻnalishdir. Davlatimiz rahbari buning uchun Markaziy Osiyoning yagona, koʻpchilik taniydigan turizm brendi, mintaqa uchun umumiy boʻlgan jozibador turizm mahsulotlarini shakllantirish lozimligiga eʼtibor qaratdi.

Shavkat Mirziyoyev suvdan foydalanish borasidagi muammolarni hal etishga doir oʻzaro kelishilgan yondashuvlarni ishlab chiqishni taklif etdi, Afgʻonistonda tinchlik, milliy murosa va iqtisodiy tiklanishga erishishga koʻmaklashish yoʻlida mintaqa mamlakatlarining saʼy-harakatlarini muvofiqlashtirish muhim ekanini taʼkidladi.

Markaziy Osiyo davlatlari delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarida xavfsizlikni mustahkamlash, davlatlarimiz oʻrtasidagi savdo toʻsiqlarini bartaraf etish, mintaqaning mavjud ulkan iqtisodiy salohiyatidan foydalangan holda sanoat kooperatsiyasini yanada kuchaytirish, energetika infratuzilmalarini modernizatsiya qilish va hududning tranzit imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan yirik loyihalarni roʻyobga chiqarish masalalari koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Maslahat uchrashuvining oʻtkazilishi manfaatlarning oʻzaro mushtarakligi, mamlakatlarimiz mintaqaviy taraqqiyotning eng dolzarb masalalari boʻyicha ochiq muloqot va birgalikda qarorlar qabul qilishga tayyor ekanini yana bir bor yaqqol tasdiqlashini taʼkidladi.

Uchrashuvda tomonlar hududlar darajasida faol almashinuvlar va muloqotni qoʻllab-quvvatlash, ilm-fan, taʼlim, turizm, madaniyat va sport sohalarida qoʻshma tadbirlarni muntazam oʻtkazishga kelishib oldilar.

Markaziy Osiyo asrlar davomida qardosh xalqlar tinch va totuv yashab kelayotgan jahondagi kam sonli mintaqalardan biridir.

Sammitda mintaqa davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi format́idagi har yillik sammitlar shu jihatdan gʻoyat muhim ekani taʼkidlandi. Shuni alohida qayd etish kerakki, Markaziy Osiyo davlatlari bugunga kelib oliy darajadagi mintaqaviy muloqotni rivojlantirishning sifat jihatidan mutlaqo yangi bosqichiga koʻtarildi.

Sammit yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilindi hamda Maslahat uchrashuvlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish reglamenti maʼqullandi.

Turkmaniston Prezidentining taklifiga binoan davlat rahbarlari Qozogʻistonning Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Maslahat uchrashuvining Faxriy raisi etib bir ovozdan sayladilar.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi kelasi yili Qirgʻizistonda oʻtkaziladi.

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifingda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev muzokaralar anʼanaviy doʻstlik va oʻzaro anglashuv ruhida oʻtgani, davlat rahbarlarining mintaqada ishonch va yaxshi qoʻshnichilik muhitini yanada mustahkamlashga boʻlgan intilishi va qatʼiy siyosiy irodasining yaqqol ifodasi boʻlganini taʼkidladi.

Samarali muzokaralardan soʻng Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari Koʻksaroy qarorgohidagi Faxriy mehmonlar xiyoboniga koʻchatlar oʻtqazdi. Bu daraxtlar Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmanistonning mustahkam doʻstligi va hamkorligi ramzi sifatida yonma-yon oʻsadi.

Kunning ikkinchi yarmida davlat rahbarlari Islom Karimov nomidagi ilmiy-maʼrifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi. Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qoʻyib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shu bilan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi yakuniga yetdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mintaqaviy muloqotni rivojlantirishning sifat jihatidan yangi bosqichi