Mintaqaviy hamkorlik to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim kuchga kirdi
2017-yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2017-yil 5-sentabrda Bishkek shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan “Mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida”gi bitim kuchga kirdi.
2017-yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2017-yil 5-sentabrda Bishkek shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolangan “Mintaqalararo hamkorlik to‘g‘risida”gi bitim kuchga kirdi.Shartnoma ikki mamlakat mintaqalari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, sayyohlik va atrof-muhitni muhofaza qilish hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishga qaratilgan.
Hujjatda mahalliy darajada o‘zaro aloqalarning muhim masalalarini o‘z vaqtida tartibga solish maqsadida ikki davlat mintaqalarining mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari va boshqa tashkilotlar rahbarlarining har chorakdagi uchrashuvlarini o‘tkazish nazarda tutilgan.
Hujjatning to‘liq matni bilan www.lex.uz saytida tanishish mumkin.