O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 10-iyun kuni Samarqand viloyatida bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Taomilga binoan Qur’on tilovat qilindi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 25-yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida»gi qarori ijrosi bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasi barpo etilayotir.

Prezidentimiz majmua qurilishi jarayonini ko‘zdan kechirdi. Maqbara atrofida Hazrati Xizr masjidi bilan uyg‘un holda milliy me’morlik an’analari asosida ayvonlar, choyxona qurilmoqda, boshqa qulayliklar yaratilmoqda.

Davlatimiz rahbari majmuani yanada takomillashtirish, ziyoratchilar uchun barcha qulayliklar yaratish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Majmua atrofini kengaytirish va obodonlashtirish, zamonaviy tungi yoritish tizimi bilan ta’minlash zarurligini qayd etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 8-9-iyun kunlari Ostona shahrida o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitidagi nutqida Samarqandda Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazining tashkil etilishi millatlararo, madaniyatlararo munosabatlarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lishini alohida ta’kidladi.

Yangi markaz islom madaniyati va qadriyatlarini targ‘ib qilish, yoshlarimizni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning komil inson bo‘lib yetishishi, navqiron avlodning qalbida buyuk ajdodlarimizga munosib bo‘lishdek yuksak tuyg‘ularni shakllantirishga xizmat qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi.

Bunyod etilayotgan markazning umumiy konsepsiyasi, atrofini obodonlashtirish bo‘yicha qilinadigan ishlar loyihasi haqida ma’lumot berildi.

Muborak Ramazon oyida bunday ezgu ishlarni boshlash va amalga oshirish har jihatdan xayrli va maqsadga muvofiqdir, dedi davlatimiz rahbari. Pok niyatlar bilan boshlagan ishimiz o‘z mevasini beradi. Yana bir jihatga alohida e’tibor berish kerak. Imom Buxoriy majmuasiga ziyoratga keluvchilar markazga ham kiradi, ular haqiqiy islom ta’limoti to‘g‘risida zarur ma’lumotlar oladi.

Loyihalarda majmua atrofini obodonlashtirish, yo‘llarni kengaytirish, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari qurish va ta’mirlash ishlari o‘z aksini topgan.

O‘zbekiston Prezidenti 21-may kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti doirasida Islom taraqqiyot banki prezidenti Bandar Hajar bilan uchrashdi. Ana shu muloqot asnosida O‘zbekiston hukumati bilan Islom taraqqiyot banki o‘rtasida Imom Buxoriy nomidagi xalqaro tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida Anglashuv memorandumi imzolandi. Mazkur hujjat ijrosi yuzasidan bugun tizimli ishlar olib borilmoqda.

Prezidentimiz tashkil etiladigan markaz Toshkent islom universiteti bilan yaqin hamkorlik qilishi, uning faoliyatida xorijiy davlatlardan islom madaniyati bo‘yicha yetuk mutaxassislar ishtirokini ta’minlash zarurligini qayd etdi.

Davlatimiz rahbari Payariq tumanida ikki va uch qavatli zamonaviy uy-joylar qurish loyihasi bilan ham tanishdi. Qurilayotgan uy-joylarning sifatli bo‘lishiga alohida e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev tumandagi "To‘polos" fermer xo‘jaligiga tashrif buyurib, fermer va dehqonlar bilan muloqotda bo‘ldi.

Mazkur xo‘jalik 38,6 gektarda paxta, 28 gektarda g‘alla ekkan. Ayni kunlarda g‘alla hosili pishib yetilgan.

Prezidentimiz qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligi bilan qiziqdi. Paxta va g‘alla maydonlarini ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev raisligida viloyat rahbarlari, mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat iqtisodiyotini yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, istiqboldagi dolzarb vazifalar muhokama qilindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Xalq roziligi – faoliyatimiz mezonidir