Davlatimiz rahbari Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Jizzax shahar ichki ishlar bo‘limi 2-son ichki ishlar bo‘linmasida bo‘ldi.

Yurtimizda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, jamoat tartibini, aholi tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotir. Buni profilaktika, tezkor-qidiruv, tergov, yo‘l harakati xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, qo‘riqlash, patrul-post xizmatlari, alohida vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadlari qayta tashkil etilayotgani, ichki ishlar organlarining moddiy-texnik bazasi muntazam mustahkamlab borilayotganida ham ko‘rish mumkin.

Ichki ishlar organlari faoliyatini tartibga soladigan qonunchilik bazasi mustahkamlanmoqda. So‘nggi besh yilda "Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida", “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilinib, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunga zamon talablaridan kelib chiqqan holda, zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

13a2901b-df78-1fc6-9355-2cb2c187b5fa.jpg 
 
 “Ички ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingani bu boradagi huquqiy-me’yoriy zaminni yanada mustahkamladi. Ichki ishlar idoralarining faoliyat samaradorligini yuksaltirish, mahalliy hokimliklar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorligini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 17 avgust kuni ichki ishlar idoralari bilan videoselektor yig‘ilishida Jizzax shahrida “Xavfsiz shahar” loyihasini tatbiq etish bo‘yicha topshiriq bergan edi. Ushbu topshiriq ijrosi bo‘yicha Jizzax shahar ichki ishlar bo‘limi 2-son ichki ishlar bo‘linmasida «Xavfsiz shahar» boshqaruv situatsion markazi tashkil etildi. Markaz yo‘l harakati xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, qo‘riqlash xizmati, patrul-post xizmati va boshqa tarmoqlarni geoinformatsion tizim orqali boshqaradi.

Bozorlar, ta’lim va tibbiyot muassasalari, mehmonxonalar, yo‘llar va boshqa jamoat joylariga o‘rnatilgan videokuzatuv uskunalari, zamonaviy signal uzatish texnikasi bunda qo‘l keladi. Bu jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish, ularni tez fursatlarda fosh etishda muhim ahamiyatga ega. Videokuzatuv kameralari o‘rnatilgandan keyin hududlarda jinoyatlar soni sezilarli darajada foizga kamaydi.

92ed21db-8011-58d4-65a5-d1a68badb10f.jpg

Davlatimiz rahbari 2-son ichki ishlar bo‘linmasi faoliyati bilan tanishdi.

– Bu kabi videokuzatuv moslamalarini shahardagi profilaktika inspektorlari xonasi, maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablar atrofiga ham o‘rnatish kerak, – dedi Prezident. – Shunda o‘qituvchi va o‘quvchilarda ham mas’uliyat yanada oshadi.   

Bo‘linma ikki qavatli binoda joylashgan bo‘lib, bu yerda "Zargarlik" mahalla fuqarolar yig‘ini, mahalla posboni, profilaktika inspektori xonalari o‘rin olgan.

 Шавкат Mirziyoyev mahalla raisi va profilaktika inspektori bilan aholi farovonligini oshirish, kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mahallada jinoyatchilikning oldini olish masalasida suhbatlashdi. 

Prezidentimizga ichki ishlar bo‘linmasi tomonidan ishlab chiqilgan mobil dastur haqida ma’lumot berildi.

“Jizzax IIB” mobil dasturi aholi uchun bepul bo‘lib, fuqarolarning mobil telefoniga yuklanadi. Ushbu dastur orqali fuqarolar qidiruvda bo‘lgan va bedarak yo‘qolgan shaxslar haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi, profilaktika inspektori faoliyatiga oid ma’lumotlarni olishi mumkin.

Xodimlarga tezkor axborot etkazish maqsadida viloyatdagi uyali aloqa kompaniyasi bilan hamkorlikda 2 mingda ortiq telefon raqami tarqatilgan. Mazkur qulaylik orqali tezkor axborot etkazish imkoni yaratilmoqda. Ya’ni, navbatchilik qismida mavjud bo‘lgan planshet orqali kunlik sodir bo‘lgan jinoyatlar, yo‘l-transport hodisalari, eslatma va yangiliklar xodimlarga  тезкорлик bilan yetkaziladi.  

Davlatimiz rahbari tegishli mutasaddilarga ushbu tizimni yanada takomillashtirish yuzasidan topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

Shu yerda Prezidentimiz Jizzax shahrining bir guruh nuroniylari bilan uchrashdi, samimiy va ochiq ruhda o‘tgan suhbatda mamlakatimiz va xalqaro ahamiyatga molik masalalar haqida so‘z bordi.

Prezidentimizning Jizzax viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Shavkat Mirziyoyev: Aholi xavfsizligini ta’minlash eng muhim masala