O‘zA O`zbek

27.09.2018 Chop etish versiyasi

MDH TIVK Dushanbe shahridagi majlisi toʻgʻrisida

MDH TIVK Dushanbe shahridagi majlisi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 2018-yilning 27-sentyabr kuni Dushanbe shahrida boʻlib oʻtgan Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

MDH ishtirokchi davlatlari TIV rahbarlari 27-28 sentyabr kunlari Tojikiston poytaxtida boʻladigan MDH Sammitiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishning amaliy jihatlarini muhokama qildilar.

Majlisda kun tartibining hamda davlat rahbarlari imzolashi uchun kiritiladigan hujjatlarning loyihalari koʻrib chiqildi va kelishildi.

Tadbirda xalqaro kun tartibining va MDH formatida hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

2 245
OʻzA