O‘zA O`zbek

09.05.2020 Chop etish versiyasi

MDH tashqi ishlar vazirlari kengashining boʻlajak majlisi toʻgʻrisida

MDH tashqi ishlar vazirlari kengashining boʻlajak majlisi toʻgʻrisida
2020-yil 12-may kuni Oʻzbekiston Respublikasining Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga raisligi doirasida videokonferensaloqa shaklida Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining majlisi boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov raisligida oʻtadigan majlis ishida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston va Turkmaniston tashqi siyosat idoralari rahbarlari hamda MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ishtirok etadilar.

Tadbir davomida xalqaro kun tartibining va Hamdoʻstlik formatidagi hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish, MDH doirasida 2019-yilga moʻljallangan koʻp darajali vazirliklararo maslahatlashuvlar rejasining bajarilishi va 2020-yil uchun Rejani tasdiqlash, shuningdek koronavirus tarqalishiga qarshi birgalikda kurashish muammolarini muhokama qilish koʻzda tutilgan.

Majlis yakunida qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Manba: Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati

4 706
OʻzA​