O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 26-dekabr kuni Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Novo-Ogaryovo qarorgohida Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi.

Suratga tushish marosimidan so‘ng MDH davlat rahbarlarining uchrashuvi boshlandi.

Vladimir Putin davlat rahbarlarini tashrifi bilan qutlab, Rossiyaning MDHga raisligi yakunlari haqida to‘xtalib o‘tdi. Joriy yil o‘zaro integratsiyani mustahkamlash va tashkilot nufuzini oshirish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilganini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev joriy yilda O‘zbekistonning MDH mamlakatlari bilan hamkorligi yanada mustahkamlanib, tovar ayirboshlash hajmi sezilarli oshganini ta’kidladi. O‘zaro manfaatli hamkorlik a’zo davlatlarni uzviy bog‘lab turishi, ushbu uchrashuv aloqalarga yangi sur’at bag‘ishlashini qayd etdi.

2018-yil Rossiyada bo‘ladigan voqealar muhim ahamiyatga ega ekani, Prezident saylovida Rossiya xalqi munosib nomzodga ovoz berajagi ta’kidlandi.

Uchrashuvda Hamdo‘stlik davlatlari o‘rtasida turli sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlash, mintaqaga tahdid va xatarlarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston MDH doirasidagi hamkorlikda faol ishtirok etib kelmoqda. Mamlakatimizning ushbu tashkilotga a’zo davlatlar bilan turli sohalardagi aloqalari izchil rivojlanmoqda. Prezidentimiz shu yil 10-11-oktabr kunlari Sochi shahrida bo‘lib o‘tgan MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etdi. 3 noyabr kuni poytaxtimizda Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasida davlatimizning tashqi siyosatidagi ustuvorliklar ham aytib o‘tildi. Mamlakatimiz, jumladan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi bilan aloqalarni yangi bosqichda davom ettirayotgani ta’kidlandi. “O‘zbekistonning tashqi siyosatida Markaziy Osiyo – bosh ustuvor yo‘nalish” tamoyili asosida qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar mustahkamlandi. Bu Hamdo‘stlik doirasidagi aloqalar rivojida ham muhim o‘rin tutadi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi