Hamdardlik
Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Janobi Oliylariga
Afg‘oniston Islom Respublikasi PrezidentiMuhammad Ashraf G‘ani
Janobi Oliylariga
Muhtaram Prezident Janobi Oliylari!
Afg‘oniston poytaxti Kobul shahrida yuz bergan mudhish terrorchilik xuruji oqibatida ko‘plab begunoh insonlarning qurbon bo‘lgani va og‘ir jarohat olgani to‘g‘risidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi.
Ushbu musibatli damlarda Siz Janobi Oliylari va birodar Afg‘oniston xalqiga chuqur ta’ziya izhor etib, halok bo‘lganlar hamda jarohat olganlarning oila a’zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik tuyg‘ularimizni yetkazib qo‘yishingizni so‘raymiz.
Qayg‘u ila,
Shavkat Mirziyoyev,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Toshkent shahri,
2017-yil 25-iyul