Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.09.2017 21:16 Chop etish versiyasi

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga keldi

Ostona, 9-sentabr. O‘zA maxsus muxbiri Anvar Samadov xabar qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 9-sentabr kuni Ostona shahriga keldi.


Davlatimiz rahbarini Ostona xalqaro aeroportida Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev 10-sentabr kuni Islom hamkorlik tashkilotining Fan va texnologiyalar bo‘yicha birinchi sammitida hamda "EXPO-2017" xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasining rasmiy yopilish marosimida ishtirok etadi.

Prezidentimizning xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan.


2 232






Все о погоде - Pogoda.uz