2017-yil 5-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Koreya Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Xvan Gyo An o‘rtasida Janubiy Koreya tomonining tashabbusi bilan telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Xvan Gyo An Shavkat Mirziyoyevni 2016-yilning dekabr oyida o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida yuksak natija bilan g‘alaba qozongani munosabati bilan samimiy muborakbod etdi.

Tomonlar o‘zaro hamkorlik tarixidagi shonli sana – O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari o‘rnatilganining 25-yilligi bilan bir-birini samimiy tabrikladilar.

Shavkat Mirziyoyev va Xvan Gyo An mamlakatlarimiz o‘rtasida o‘zaro ishonch, ochiqlik va hamfikrlik qaror topganini katta mamnuniyat bilan ta’kidladilar. Bu siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-texnikaviy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni har tomonlama rivojlantirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

Surg‘il koni negizidagi Ustyurt gaz-kimyo majmuini barpo qilish bo‘yicha ulkan loyiha amalga oshirilgani alohida ahamiyat kasb etishi qayd etildi. 2016-yilning may oyida ushbu majmua qurilishi yakunlanganiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev va Xvan Gyo An ishtirok etdilar. O‘zbekiston rahbari Koreya Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Xvan Gyo Anning mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik dasturini amalga oshirishga qo‘shgan hissasini yuksak baholadi.

O‘zbekiston – Janubiy Koreya munosabatlarining istiqbollari atroflicha muhokama qilinar ekan, o‘zaro foydali bo‘lgan barcha sohalarda yuqori texnologiyali qo‘shma loyihalarni ko‘paytirishdan ikki tomon ham birdek manfaatdor ekani ta’kidlandi.

Ma’lumki, 2017-yilda koreyslarning O‘zbekistonda istiqomat qila boshlaganiga 80-yil to‘ladi. Bu sana arafasida tomonlar davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlashda koreys millatiga mansub yurtdoshlarimiz alohida o‘rin tutishini qayd etib, Toshkentda Koreya madaniyati va san’ati uyi qurilishini imkon qadar tezroq oxiriga yetkazish zarurligini ta’kidladilar. Mamlakatimiz siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida O‘zbekistonning koreys millatiga mansub fuqarolari faol ishtirok etayotgani alohida qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev va Xvan Gyo An 2006-yilda imzolangan Strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiya tamoyillariga sodiq qolajaklarini ta’kidlab, ikki mamlakatda ham yuksak salohiyat mavjudligidan kelib chiqqan holda uni sifat jihatidan yangi mazmun bilan boyitish darkorligini qayd etdilar.

Shavkat Mirziyoyev yangi yilda Xvan Gyo Anga eng ezgu istaklar va Koreya Respublikasi xalqiga farovonlik va taraqqiyot tiladi.

O‘z navbatida Xvan Gyo An Shavkat Mirziyoyevga davlat rahbari sifatidagi faoliyatida ulkan omad va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik va yanada yuksalish tilaklarini izhor etdi.

Prezident vazifasini bajaruvchi Xvan Gyo An O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Koreya Respublikasiga tashrif buyurishga taklif qildi.

Suhbat ochiq va do‘stona ruhda o‘tdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Koreya Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Xvan Gyo An bilan telefon orqali muloqot