«Bugun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh kotibi lavozimida ish boshlar ekanman, meni bir savol qiynamoqda: nizolardan jabr ko‘rayotgan, urushlardan cheksiz azob-uqubat tortayotgan millionlab odamlarga qanday yordam berish mumkin?»

Bu faqat 2017-yilda faoliyatini boshlagan BMT Bosh kotibi Antoniu Guterreshni qiynagan savol emas, balki 1945-yil dunyo davlatlarining ixtiyoriy birlashishi asosida tashkil topgan xalqaro tashkilotning ustuvor vazifalaridan biridir. Xalqaro tashkilot faoliyat ko‘rsata boshlagan damlaridanoq bir necha bor mojarolarning ochiq harbiy harakatlarga aylanib ketishining oldini oldi, janjallashayotgan tomonlarni qurol emas, tinchlik yo‘li – muzokaralar yo‘li bilan murosaga keltirdi, nizolar nazorat doirasidan chiqib ketgan joylarda tinchlik o‘rnatdi.

Ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishni har bir mustaqil davlat faxrli qadam, deb biladi. Bu tarixiy voqea muayyan mamlakatning jahon hamjamiyatiga qabul qilingani va tan olinganiga dalil bo‘ladi.

1992-yil 2-mart sanasi mustaqil O‘zbekiston Respublikasi uchun ham ana shunday muhim kun bo‘ldi. O‘sha kundan boshlab mamlakatimiz bayrog‘i BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohi oldida boshqa davlatlar bayroqlari qatoridan joy oldi. O‘zbekiston BMT minbaridan Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, qo‘shni Afg‘onistonda urushni to‘xtatish, mintaqamizni yadrodan xoli zonaga aylantirish, narkobiznesga qarshi kurashishda barcha davlatlar sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish singari umummanfaatli masalalar bo‘yicha o‘z so‘zini aytmoqda.

Mamlakatimizning Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo bo‘lganiga bu yil yigirma besh yil to‘ldi. Bu davr mobaynida inson manfaatlari va tinchlik yo‘lida ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirildi. Ishonch, intilish va samimiyat O‘zbekiston hamda BMT hamkorligining doimiy shiori bo‘lib kelmoqda.

2012-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasida xalqaro munosabatlarda yuzaga keladigan bahslarni tinchlik yo‘li bilan hal qilish va kuch ishlatmaslik tamoyillari belgilangan. O‘zbekiston mazkur tamoyillarga sodiq qolayotgani, xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashda BMTning muvofiqlashtiruvchi tashkilot sifatidagi rolini tan olgani, Markaziy Osiyodagi qo‘shni mamlakatlarga nisbatan tashqi siyosatini hamkorlik va do‘stona ruhda olib borishga tayyorligini ko‘p marotaba namoyish etgani bilan xalqaro tashkilot e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Mamlakatimizdagi bunday tinchlikparvar siyosat Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov nomi bilan bog‘liq.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 71-sessiyasi majlisi O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidentini yod etish marosimi bilan boshlangani, nufuzli anjuman ishtirokchilari – BMT vakillari, 193 mamlakat delegatlari, davlat rahbarlari, siyosatchilar, diplomatlarning Prezident Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirgani O‘zbekiston Respublikasiga e’tirof ramzidir.

– Islom Karimov O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirdi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Mingyillik rivojlanish maqsadlarini bajarishda muhim yutuqlarga erishdi va barqaror rivojlanishning yangi vazifalarini qo‘llab-quvvatladi. Prezident Islom Karimov rahnamoligida mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga ulkan hissa qo‘shildi. Islom Karimov tashabbusi bilan 2009-yilda Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etilgani jahon hamjamiyatining muhim yutuqlaridan biri bo‘ldi, – dedi BMTning sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun jahonning eng yuksak minbaridan.

2016-yilning 30-dekabrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi Bosh kotibi mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘llab, BMT O‘zbekiston bilan hamkorlikni yanada mustahkamlayverishini ta’kidladi.

Hozir O‘zbekistonda BMTning Taraqqiyot dasturi, Aholishunoslik jamg‘armasi (YuNFPA), Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (YuNESKO), Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmasi, OIV/OITS bo‘yicha birlashgan dasturi va boshqa tuzilmalari vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda.

Tashkilot faoliyati samaradorligini oshirishda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkiloti, Xalqaro mehnat tashkiloti, Atrof-muhitni muhofaza qilish dasturi, Yevropa iqtisodiy komissiyasi hamda Markaziy Osiyoda Preventiv diplomatiya mintaqaviy dasturi kabi tashkilotlar faol ishtirok etib kelmoqda.

O‘zbekistonning YuNESKO bilan hamkorligi alohida e’tiborga molik. Mustaqillik yillarida milliy qadriyatlarimiz tiklandi. Yurtimizdagi ko‘plab tarixiy-madaniy obyektlar YuNESKOning Jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.

Bahor nafasi ufura boshlagan shu kunlarda xalqimiz intiq kutayotgan, ajdodlarimizning bir necha ming yillik merosini o‘zida mujassam etgan Navro‘z bayrami ham YuNESKOning Reprezentativ ro‘yxatidan joy olgan. 21-mart Xalqaro Navro‘z kuni, deb e’lon qilingan.

Tinchlik va hamkorlik tarafdori bo‘lgan O‘zbekiston va Birlashgan Millatlar Tashkilotining maqsadlari mushtarak. Bu maqsad yo‘lidagi o‘zaro aloqalar mamlakatimiz farovonligiga hissa qo‘shadi, xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Jahonaro tengligimiz e’tirofi