Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishish maqsadida 30 yanvar kuni Jizzax viloyatiga keldi.

Xalqimiz davlatimiz rahbarining viloyatlarga tashrifini alohida qiziqish bilan kuzatib boradi. Zero, bu kabi tashriflar chogʻida oddiy odamlar dilidagi gaplar aytiladi, hayotiy muammolarga yechim topiladi, yangi tashabbuslar, gʻoyalar amalga oshishiga turtki beriladi.

Prezidentimizning Jizzax viloyatiga bu galgi tashrifi ham ana shunday koʻtarinki ruhda boshlandi.

Shavkat Mirziyoyev dastlab Forish tumanida atom elektr stansiyasini qurish uchun muhandislik tadqiqotlari olib borilayotgan maydonlardan birini koʻzdan kechirdi.

Maʼlumki, tinch maqsadlarda foydalanish uchun mamlakatimizda ilk bor atom elektr stansiyasi qurilishi rejalashtirilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energetikasini rivojlantirish agentligi tashkil etilgan. Xorijiy loyihalar soni va koʻlami boʻyicha jahonda birinchi oʻrinda turadigan “Rosatom” korporatsiyasi bilan kelishuvga erishilgan.

Ushbu stansiya har biri 1 ming 200 megavatt quvvatga ega ikkita, “3+” avlodiga mansub eng zamonaviy va xavfsiz energiya blokidan iborat boʻladi. Ular Xalqaro atom energiyasi agentligining barcha xavfsizlik talablariga javob beradi.

Atom elektr stansiyasining ishga tushirilishi natijasida milliardlab kub metr tabiiy gaz iqtisod qilinadi, atmosferaga karbonad angidrid chiqarilishi yiliga 14 million tonnagacha, azot oksidlari chiqarilishi 36 ming tonnaga kamayadi. Atom energiyasi ekologik toza boʻlib, is gazi hosil qilmaydi.

Prezidentimiz tadqiqot ishlarining borishi bilan qiziqdi, “Oʻzatom” agentligi va “Rosatom” korporatsiyasi rahbarlari bilan suhbatlashdi.

Bu ulkan loyiha Rossiya bilan strategik sherikligimizning yangi yoʻnalishi. Mamlakatimiz sanoati rivojlanyapti, aholi soni oʻsyapti. Hali oldinda yana katta rejalarimiz bor. Bular uchun barqaror energiya taʼminoti kerak. Atom elektr stansiyasi energiya manbalari cheklangan sharoitda ana shunday imkoniyat yaratadi, iqtisodiyotni rivojlantirishga, odamlarni ish bilan taʼminlashga xizmat qiladi, dedi davlatimiz rahbari.

Atom elektr stansiyasini aniq hisob-kitob va puxta tayyorgarlik bilan barpo etish, shunday inshootlar qurilishiga oid xorijiytajribani oʻrganish zarurligi taʼkidlandi.

Bizning atom elektr stansiyamiz boshqalaridan yaxshi, sifatli va xavfsiz boʻlishi kerak,dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ushbu sohaga ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash borasidagi ishlar haqida ham maʼlumot berildi. Hozirdaoʻzbekistonlik 30 nafar talaba “Moskva muhandislik-fizika instituti” milliy tadqiqot yadro universitetida taʼlim olmoqda. Mazkur bilim yurtining Toshkentda tashkil etilayotgan filiali kelgusi oʻquv yilidan ilk talabalarni qabul qiladi. Bu yoshlar yuqori malakali mutaxassis boʻlib yetishadi va atom elektr stansiyasining xavfsiz ishlashini taʼminlaydi.

Shu yerda Jizzax viloyatining mineral xomashyo bazasini kengaytirish, Forish tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, turizm salohiyati va lalmi yerlardan samarali foydalanishga qaratilgan loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

Forish – imkoniyatlari boʻyicha eng boy tumanlardan biri. Lekin hozir boshqa hududlardan biroz orqada. Bu yerning qishloq xoʻjaligi, geologiya, qayta ishlash sohalaridagi imkoniyatlaridan toʻgʻri foydalanilsa, tuman iqtisodiyotini bir necha barobar yuksaltirish mumkin,dedi Prezident.

Masalan, Jizzax viloyatida bazalt, rux, qoʻrgʻoshin, sement, gips, kvars, pardozbop toshlar kabi tabiiy boyliklar koʻp. Geologik va iqtisodiy tahlillar asosida ularni qayta ishlashni tashkil etish, mahalliy byudjetga katta daromad keltirishi va aholini ish bilan taʼminlash mumkinligi taʼkidlandi. Buning uchun “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi imkoniyatlaridan foydalanish, tadbirkorlargakeng yoʻl berish kerakligi qayd etildi.

Yana bir katta imkoniyat – Forish tumani hududining kengligidir. Avvalgi tashrif chogʻida berilgan topshiriqqa asosan bu yerda suvni toʻplash va undan tejab foydalanishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi. Natijada tumanda qoʻshimcha 50 ming gektar sugʻoriladigan yer paydo boʻldi. Prezidentimiz bu joylar ilgari foydalanilmagan hosildor tuproq ekanini taʼkidlab, unga talab yuqori mahsulotlar ekish, aholi daromadini koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Shuningdek, viloyatdagi suv havzalarida baliq yetishtirishni koʻpaytirish, choʻl tumanlarda chorvachilikni rivojlantirish, sut va junni qayta ishlash korxonalari tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.

Davlatimiz rahbari jizzaxlik nuroniylar bilan muloqot qildi.

Suhbatda mamlakatimiz iqtisodiyotini tarkibiy oʻzgartirish, aholi turmush darajasini yuksaltirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz bordi.

Yurtimizning hamma joylarida yangi zavodlar, uy-joylar, maktablar qurilyapti. Xalqimizning yashash sharoiti, talablari ham oʻsib boryapti. Bu ehtiyojlar uchun hozircha tabiiy boyliklarimizdan foydalanyapmiz, lekin ularning zaxirasi cheksiz emas. Shuning uchun muqobil energiya manbalarini yaratishimiz zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ushbu atom elektr stansiyasini qurishda barcha xalqaro talablarga qatʼiy rioya qilinishi, bunday stansiyalardan koʻplab mamlakatlarda keng foydalanilayotgani qayd etildi.

Biz bu loyihaning xavfsizligi, iqtisodiy zarurligiga ishonchimiz komil boʻlgani uchun qurishga kirishdik. Ertangi kunni oʻylab ish tutmasak, rivojlanishdan orqada qolib ketamiz, deb taʼkidladi Prezidentimiz.

Prezidentimiz tumandagi bazalt toshini qayta ishlab, bazalt tolasi va armaturasi ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Mega Invest Industrial” qoʻshma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

2017 yil dekabrda ish boshlagan korxona faoliyati 3 bosqichda yoʻlga qoʻyiladi. Ayni paytda birinchi va ikkinchi bosqichlar ishga tushirilgan. Buning uchun Buyuk Britaniyaning “Leigh Barrier” kompaniyasining 11 million dollar hamda tijorat bankining 26 million dollar kredit mablagʻi yoʻnaltirildi. Germaniya, Fransiya, Italiya, Rossiya, Turkiya kabi davlatlardan zamonaviy nou-xau texnologiyalari keltirib oʻrnatildi. Natijada 225 nafar aholining bandligi taʼminlandi. 2018 yilda bu yerda ming tonna bazalt armaturasi va setkalar ishlab chiqarildi. Korxona toʻliq quvvat ishlay boshlagach, yiliga 4 ming tonna bazalt tolasi va 4800 tonna armatura tayyorlanadi.

Bazalt armaturasining metall armaturadan farqi shundaki, u 8 barobar yengil, 3 barobar mustahkam, zanglamaydi, oʻzidan elektr tokini oʻtkazmaydi. Shuningdek, metall armaturadan 30 foiz arzon hamda 100 yilgacha oʻz xususiyatini yoʻqotmaydi. U mintaqamizda yagona va MDH davlatlarida ikkinchi shunday korxonadir.

Davlatimiz rahbari korxonadagi ish jarayonini koʻzdan kechirdi. Bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini yanada oshirish, tannarxini kamaytirish, hajmini koʻpaytirish borasida tizimli ishlarni amalga oshirish yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Prezidentimiz kunning ikkinchi yarmida Mirzachoʻl tumaniga keldi.

Shavkat Mirziyoyev Mirzachoʻl tumani Gʻalaba mahallasida “Obod qishloq” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlarni koʻzdan kechirdi.

Choʻlda joylashgan ushbu tuman uzoq yillar eʼtibordan chetda qolib ketgan edi. Infratuzilma obyektlari eskirib, odamlar turmushida qiyinchiliklar yuzaga kelgandi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan “Obod qishloq” dasturi qabul qilingach, koʻplab hududlar singari Gʻalaba mahallasi ham tom maʼnoda obod boʻldi. Yangi uy-joylar, ijtimoiy obyektlar qurildi, yoʻl boʻylari va maydonlar obodonlashtirildi. Bugun bu joylar yangi qiyofa kasb etgan.

Prezidentimiz hududdagi “Mirzachoʻl tikuvchilik majmuasi” masʼuliyati cheklangan jamiyatida boʻldi.

Mahalla hududida dastur doirasida sobiq paxta tozalash korxonasining boʻsh turgan binosi rekonstruksiya qilinib, ushbu loyihani amalga oshirish uchun 3 milliard soʻmlik qurilish, taʼmirlash va jihozlash ishlari bajarildi.

Eski uylardan zamonaviy uylarga koʻchib chiqqan oilalar uy bekalari va kasb-hunar kollejlarini bitirgan qizlar “Tadbirkor ayol” uyushmasi koʻmagida tikuvchilik kasbiga qayta tayyorlanib, ish bilan taʼminlandi.

Jamoa “Oʻzbekpaxtasanoat” tizimidagi va boshqa korxonalarga shartnoma asosida maxsus kiyimlar tikib berayotir. Ayni paytda korxonada erkaklar va ayollar uchun jinsi matosidan kiyim-kechak ham tikilmoqda.

Mirzachoʻlni yanada obod qilishga doir ishlarni bundan keyin ham tizimli davom ettiramiz. Maqsadimiz odamlarni rozi qilish, ularga munosib turmush sharoiti yaratish, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz Gʻalaba mahallasi Barokat koʻchasida yashovchi Maqsud Misirov xonadonida boʻldi. Xonadon egalarini yangi uy bilan tabrikladi. Qayd etish kerakki, M.Misirovning turmush oʻrtogʻi Maʼrifat Haydarova va qizi Mohinur Meliqulova “Mirzachoʻl tikuvchilik majmuasi”da mehnat qiladi. Ular yaratilgan zamonaviy sharoitlar uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi.

Davlatimiz rahbari Mirzachoʻl tumanidagi Oʻzbek – qozoq milliy madaniy markazi faoliyati bilan tanishdi.

Mirzachoʻlda yashayotgan qozoq millatiga mansub yurtdoshlarimizning urf-odat va anʼanalarini asrashi va rivojlantirishi uchun zarur sharoit yaratilgan. Xususan, bu yerda Qozoq milliy teatri tashkil etilgan. Yaqinda teatr binosi rekonstruksiya qilinib, koʻrkam inshootga aylantirildi. Milliy cholgʻuchilik, ashula, raqs, tasviriy sanʼat kabi toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Oʻzbek – qozoq milliy madaniy markazining tashkil etilgani xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlikning yorqin ifodasidir. Markazda madaniy aloqalarni kuchaytirish, yoshlarni baynalmilal doʻstlik ruhida tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Prezident mazkur teatrning qayta tiklanishi va Oʻzbek – qozoq milliy madaniy markazining tashkil etilishi qardosh xalqlarimiz hamjihatligida muhim ahamiyatga ega ekanini alohida taʼkidladi. Bu maskan hududdagi ijodiy, maʼrifiy tashkilotlarni, ziyolilarni, yoshlarni ezgu maqsad yoʻlida birlashtirishi zarurligini qayd etdi.

Oʻzbek va qozoq xalqlari sanʼatidan namunalar ijro etildi.

Shavkat Mirziyoyev Mirzachoʻl tumanidagi “Binafsha” davlat maktabgacha taʼlim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

2018 yilda “Obod qishloq” dasturi asosida kapital taʼmirlangan bogʻcha 280 oʻringa moʻljallangan. Bu yerda bolajonlarning zamonaviy taʼlim-tarbiya olishi uchun barcha sharoit yaratildi. Mashgʻulot xonalari bolalarni maktabga tayyorlashdagi eng ilgʻor metodikalar asosida zamonaviy inventarlar bilan jihozlangan. Kichik sport va oʻyin maydonchasi qurilgan. Turli interfaol oʻyinlar, aqlni charxlashga koʻmaklashuvchi jihozlar bolalarda dastlabki bilim va koʻnikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Maktabgacha taʼlim tizimini rivojlantirish, farzandlarimizga yaxshi tarbiya berish doimiy eʼtiborimizda boʻladi. Bogʻchaga borgan bolaning sogʻligʻi mustahkam, dunyoqarashi keng, oʻziga ishonchi yuqori boʻladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, davlat va xususiy bogʻchalar tashkil etish orqali bolalar qamrovini koʻpaytirish, shu bilan birga, taʼlim-tarbiya sifatini oshirish zarurligini taʼkidladi.

Davlatimiz rahbari Mirzachoʻl tumanidagi koʻp tarmoqli markaziy poliklinikani koʻzdan kechirdi.

Aytish kerakki, mazkur tibbiyot muassasasi mamlakatimizda namunali koʻp tarmoqli markaziy poliklinika sifatida ish boshlagan.

1976 yilda qurilgan bu poliklinika binosi shu kunga qadar kapital taʼmirlanmagan edi. “Obod qishloq” dasturi asosida muassasa uchun yangi bino qurildi. 250 qatnovga moʻljallangan poliklinikada 100 dan ziyod ish oʻrni yaratildi.

Zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan poliklinikada jarroh, pediatr, UTT shifokori, stomatolog, terapevt, LOR, oftalmolog, travmatolog, nevropatolog, psixiatr kabi mutaxassislar aholiga tibbiy xizmat koʻrsatadi.

Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika “Salomatlik-3” loyihasi doirasida veloergometr, gastrofibroskop, raqamli rentgen, UTT apparati, bioximik analizator, avtoklaf, sentrafuga, EKG, stomatologik jamlanma, audometr, avtarefroktometr kabi tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlangan.

Yangi binoda aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida elektron roʻyxatga olish tizimi joriy qilindi. Ayollar maslahatxonasi, kunduzgi statsionar, ijtimoiy dorixona faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Prezidentimiz poliklinikadagi sharoitlarni koʻzdan kechirar ekan, aholini kasalliklar profilaktikasi bilan toʻliq qamrab olish, odamlar boshqa joyga davo izlab borib ovora boʻlmasligi kerakligini taʼkidladi. Aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish, shifokorlar malakasini oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.

Davlatimiz rahbari yangi qurilgan Mirzachoʻl tumani Davlat xizmatlari markazida boʻldi.

Bundan toʻqqiz oy oldin mazkur markaz oʻrni tashlandiq joy boʻlgan, oʻtgan qisqa vaqtda zamonaviy markaz binosi qad rostladi, qurilish va bunyodkorlik ishlariga 5 milliard 740 million soʻm mablagʻ sarflandi.

Markaz bir kunda 200-250 mijozga xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega. Endilikda bu yerda tadbirkorlarni roʻyxatdan oʻtkazish, notarius, FHDYO boʻlimi, pasport berish va almashtirish kabi 103 xizmat turi koʻrsatiladi. Shuningdek, markazda kutubxona, nikohdan oʻtuvchilar uchun tantanalar zali, investorlar xonasi tashkil qilingan, bundan tashqari, haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun eng soʻnggi uskunalar bilan jixozlangan.

“Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyiliga muvofiq, yangi tizim Prezidentimizning “Xalq davlat idoralariga emas – davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan ezgu gʻoyasini soʻzsiz amalga oshirishga xizmat qilmoqda.

Davlat xizmatlari faoliyatining yoʻlga qoʻyilishi fuqarolarning ham vaqti, ham mablagʻini tejashga xizmat qiladi. Aholi tomonidan qilinayotgan har bir murojaat eʼtiborda boʻladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari “Mirzachoʻl teks” MCHJ faoliyati bilan tanishdi.

Korxona faoliyati uch bosqichli loyiha asosida yoʻlga qoʻyiladi. Birinchi bosqich 2018 yil dekabr oyida ishga tushirilgan. Xitoy, Turkiyadan 100 dona tikuv dastgohi keltirilib oʻrnatildi. Ayni paytda bu yerda import oʻrnini bosuvchi eksportbop mahsulotlar, xususan, jinsi shimlar tikilmoqda. 70 dan ziyod xotin-qiz ish bilan taʼminlangan.

Loyihaning 2-bosqichida jinsi mato toʻqish yoʻlga qoʻyiladi va 240 ish oʻrni yaratiladi. 3-bosqichda ip-kalava yigiruv amaliyoti ishga tushiriladi. 2021 yilgacha korxona toʻliq quvvat bilan ishlashi kutilmoqda. Bu tumanda 800 ga yaqin ish oʻrni yaratish imkonini beradi.

Shavkat Mirziyoyev korxona faoliyatiga doir zarur koʻrsatmalarni berdi. Xotin-qizlarni ish bilan taʼminlashga doimiy eʼtibor qaratish zarurligini taʼkidladi.

Shu yerning oʻzida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish loyihalari taqdimoti boʻlib oʻtdi. Xususan, mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasi, Fransiya va Belarus Respublikalaridagi elchixonalari tomonidan viloyatga jalb qilingan investitsiyalar taqdimoti oʻtkazildi, shuningdek, Janubiy Koreya, Turkiya, Hindiston, Xitoy kabi davlatlardan kelgan investorlar oʻz loyihalari haqida davlatimiz rahbariga soʻzlab berdi.

Taqdimotga koʻra, rossiyalik investorlar yoritish uskunalari, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish, qishloq xoʻjaligiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, fransiyalik ishbilarmonlar esa arxitektura oynalari ishlab chiqarish, mevani qayta ishlashga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, Fransiyaga anor, qovun, qizilmiya ildizini eksport qilish rejalashtirilgan.

Prezidentimizning Jizzax viloyatiga tashrifi davom etmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Istiqbolli loyihalar, yangi tashabbus va gʻoyalar xalqimiz farovonligining asosidir