Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.09.2017 16:55 Chop etish versiyasi

Ispaniya elchisi bilan uchrashuv

2017-yilning 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Ispaniya Qirolligining yangi tayinlangan Favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Moskva shahrida) Ignasio Ibanes Rubioni qabul qildi, deya xabar berdi vazirlik rasmiy sayti.

Elchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga yo‘llangan ishonch yorliqlarini topshirdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston-Ispaniya o‘rtasidagi muloqotlarning hozirgi holati va yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 2017-yilning 9-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ispaniya Qiroli Filipp VI ning Ostonadagi uchrashuvi samarali va o‘zaro manfaatli ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun yangi bosqichiga aylanishi va ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirishiga ishonch bildirildi.

Shu nuqtai nazardan O‘zbekiston va Ispaniya o‘rtasida turli darajada bo‘lajak uchrashuvlarning, jumladan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi aloqalarning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Vazir noyabr oyida Samarqand shahrida BMT shafeligida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo: bir o‘tmish va bir kelajak, barqaror rivojlanish va o‘zaro farovonlik uchun hamkorlik” nomli xalqaro konferensiyada Ispaniya tomoning yuqori darajada ishtirok etishini ijobiy baholadi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.


4 183






Все о погоде - Pogoda.uz