O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 10-yanvar kuni Chirchiq shahridagi harbiy qismga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-dekabrdagi farmoni bilan qayta tashkil etilgan mazkur harbiy qismda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev harbiylar uchun yaratilgan sharoitlar, jangovar tayyorgarlikda foydalaniladigan moddiy vositalar, harbiy xizmatchilarning kiyim-kechak ta’minoti bilan tanishdi, ular bilan suhbatda bo‘ldi.

Prezidentimizga Toshkent viloyati harbiy-ma’muriy sektori faoliyatini 2018-yilda tashkillashtirish bo‘yicha «yo‘l xaritasi», yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Mudofaa vazirligi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasi, yosh harbiy xizmatchilarni rag‘batlantirish va istiqbolda qilinadigan boshqa ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Davlatimiz rahbari harbiy xizmatchilarning harbiy kiyim va asbob-anjomlarini zamonaviy asosda yangilash, ta’minot tizimini takomillashtirish zarurligini ta’kidladi. Munosib xizmat qilgan harbiylarga barcha sharoitlar yaratish, ularni uy-joy, avtomashina bilan ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Prezidentimiz harbiylar oshxonasida bo‘lib, bu yerda yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Chirchiq – kimyogarlar va mashinasozlar shahri. Uning jug‘rofiy o‘rni iqtisodiyotni rivojlantirish uchun juda qulay. Shaharda faoliyat ko‘rsatayotgan «Maksam-Chirchiq», «O‘zbekkimyomash», "Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi" aksiyadorlik jamiyatlari, O‘zbekiston issiqqa chidamli, qattiq metall qorishmalar zavodi kabi yirik ishlab chiqarish quvvatlari mamlakatimiz sanoati rivojiga salmoqli hissa qo‘shmoqda.

Prezidentimiz tashrif doirasida mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasini rivojlantirish dasturi bilan tanishdi.

Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligining mashinasozlik korxonalari faoliyatini boshqarishni yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Sohada ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy, unumdorligi yuqori, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh texnika va uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizga resurs tejamkor, zamonaviy, unumdorligi yuqori qishloq xo‘jaligi texnikasi va mexanizatsiya vositalarini ishlab chiqarish bo‘yicha qilinadigan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Jumladan, "Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi" aksiyadorlik jamiyatida 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan, qiymati 32,7 million dollarlik 3 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarni mahalliylashtirish darajasini 50 foizgacha yetkazish ko‘zda tutilgan.

Loyihadan ko‘zlangan maqsad mashina-traktor parklari, fermer va dehqon xo‘jaliklarini texnikalarning yangi turlari – zamonaviy g‘alla va yem-xashak o‘rish kombaynlari, chigit va g‘alla ekish seyalkalari, yerga ishlov berish, kartoshka ekish va yig‘ib olish texnikalari bilan ta’minlashdir.

Davlatimiz rahbari loyiha doirasida ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalari namunalari bilan tanishdi. Jahon bozorida raqobat kuchayib borayotgan bugungi kunda, ishlab chiqarilayotgan har qanday mahsulot nafaqat ichki bozorni ta’minlashi, balki xalqaro ko‘lamda raqobatbardosh va eksportbop bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.

Shu yerda Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi, “Texnolog”, “Agregat”, “O‘zKeysmash”, “Lemken-Chirchiq”, “O‘zKlaasagro” korxonalarida ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikalari taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimiz «O‘zbekkimyomash zavodi» aksiyadorlik jamiyatida yangi quyuv sexi va yirik hajmli uskunalarni ishlab chiqarish loyihasi bilan tanishdi.

Bugun mazkur korxonada neft-gaz, kimyo va oziq-ovqat sanoati uchun issiqlik almashinish jihozlari, kompressorlar, nasoslar, neft va gazni qayta ishlash, kimyoviy, burg‘ulash va havo bilan sovutish uskunalari, butlovchi qismlar ishlab chiqarilmoqda.

Korxona mahsulotlari “Muborakneftgaz”, “Sho‘rtanneftgaz” aksiyadorlik jamiyatlari, “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi kabi yirik sanoat korxonalari, shuningdek, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Ukrainaga yetkazib berilmoqda.

O‘tgan yili 1,5 million dollarlik mahsulot eksport qilingan bo‘lsa, joriy yilda ushbu ko‘rsatkichni 2 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Shu maqsadda korxonani modernizatsiya va diversifikatsiya qilish orqali zamonaviy texnologiyalar asosida metallni eritish va quyishga mo‘ljallangan yangi quyuv sexi barpo etish ko‘zda tutilmoqda. Umumiy qiymati 18,9 million dollarlik ushbu loyiha hayotga tatbiq etilishi natijasida zavodda turli nomenklaturadagi quyma mahsulotlar ishlab chiqarish hajmi yiliga 1,7 ming tonnadan 4 ming tonnaga yetkaziladi. Sex Yevropa mamlakatlari va AQShdan keltirilgan uskunalar bilan jihozlanadi. Loyiha 2019-yilning uchinchi choragida ishga tushiriladi.

Davlatimiz rahbari «O‘zbekkimyomash» va Chirchiq transformator zavodlarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar namunalarini ko‘zdan kechirdi. Mahsulot turlari va eksport ko‘lamini kengaytirishda bunday yangi quvvatlar muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

Shu yerda Chirchiq shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan qator dastur va loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Bugungi kunda Chirchiqda 300 dan ortiq sanoat korxonasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Shaharni 2018-2019 yillarda iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 80 ga yaqin loyiha amalga oshiriladi. Natijada ishlab chiqarish hajmi 1,6 barobar oshib, 3 mingga yaqin ish o‘rni yaratiladi.

Shaharning 2035-yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasiga muvofiq, o‘tgan yili 7 qavatli 3 uy qurib bitkazildi. Joriy yil ana shunday 5 ta, kelgusi yil 10 ta turar joy barpo etiladi. Bundan tashqari, 2018-yilning mart oyida harbiylar uchun 3 qavatli 8 va yil oxirigacha 10 ta uy qurib foydalanishga topshiriladi.

Chirchiq dehqon bozori o‘tgan asrning 50-yillarida barpo qilingan bo‘lib, bugungi kun talablariga javob bermay qolgan. Tadbirkorlik subyektlari va aholiga savdo-sotiq uchun keng qulayliklar yaratish maqsadida uni rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilmoqda. Qiymati salkam 22 milliard so‘m bo‘lgan mazkur loyiha samarasida 3,7 gektar yerda yangi bozor barpo etiladi. Bozor hududida uch qavatli gipermarket, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini sotishga mo‘ljallangan pavilyonlar, savdo rastalari, avtomobillar turar joyi, avtobus va mikroavtobuslar uchun bekatlar quriladi.

Bundan tashqari, «O‘zbekkimyomash» zavodi tomonidan 2,5 gektarlik «Mashinasozlar» istirohat bog‘ini rekonstruksiya qilish va joriy yil Mustaqillik bayramigacha foydalanishga topshirish rejalashtirilmoqda. Shahar hududidan o‘tuvchi Bo‘zsuv kanali qirg‘og‘i obodonlashtirilib, aholiga kechki payt hordiq chiqarish uchun saylgohlar tashkil etiladi.

Toshkent – Xo‘jakent yo‘nalishida qatnovchi elektropoyezdlar o‘rniga zamonaviy tezyurar elektrichkalar harakatini yo‘lga qo‘yish ham istiqbolli yo‘nalishlardan bo‘lib, aholi farovonligi va Toshkent viloyatining turistik salohiyatini oshirishda muhim qadamlardan bo‘ladi. Buning uchun Chirchiq shahridagi «Chirchiq» hamda «Bo‘zsuv» temir yo‘l bekatlari zamonaviy andozalar darajasida yangidan barpo etiladi.

Prezidentimizga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutlari binolarini rekonstruksiya qilish, yangi o‘quv binolari, sport inshootlari, talabalar turar joylari qurish, Toshkent – Qibray – Chirchiq – G‘azalkent va Chirchiq – G‘azalkent avtomobil yo‘llarida tirbandlikni kamaytirish, Pskom GESi va to‘g‘onini barpo etish, Chorvoq GESi xavfsizligini oshirish loyihalari ham taqdim etildi.

Davlatimiz rahbari Chirchiq shahri o‘z imkoniyatlari va salohiyatiga ko‘ra, mamlakatimizning yirik sanoat markazlaridan biri ekani, binobarin, har bir loyihada ishlab chiqarish strukturasi va aholi turar joy sharoitini yaxshilashga alohida e’tibor qaratish lozimligini ta’kidladi. Loyihalar samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Zavodning faollar zalida ishchi-mutaxassislar, Chirchiq shahri jamoatchiligi vakillari, nuroniylar, yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda shaharda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar mohiyati, aholi turmush farovonligini yuksaltirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi masalalari xususida so‘z yuritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev shu kuni poytaxtimizdagi Qurolli Kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi.

Ma’lumki, Prezidentimiz 2017-yil yanvar oyida Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtida bo‘lib, mazkur bilim yurti zamirida mutlaqo yangi Qurolli Kuchlar akademiyasini tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 25-apreldagi qarori bilan Qurolli Kuchlar akademiyasi qayta tashkil qilindi.

Mazkur harbiy o‘quv maskani Toshkent oliy umumqo‘shin qo‘mondonlik bilim yurtining shonli harbiy an’analari, mamlakatimizning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari ilg‘or tajribasini o‘zida qamrab olgan.

Bugun akademiya mamlakatimizda joriy etilgan harbiy ta’limning yagona tizimida asosiy o‘rinni egallaydigan, tom ma’noda harbiy ilm-fan markaziga aylandi. Akademiyada leytenantlar tayyorlash, ofitserlar malakasini oshirish, armiya boshqaruv tarkibidagi qo‘mondonlik kadrlarini maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda umumqo‘shin, qo‘mondonlik-shtab, malaka oshirish fakultetlari, o‘n bitta kafedra faoliyat yuritmoqda.

Kursant va tinglovchilar harbiy, gumanitar, aniq fanlar bo‘yicha ta’lim oladi. Akademiyada o‘quv jarayoni xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasi asosida tashkil qilingan. Ta’lim jarayoniga eng yangi usul va texnologiyalar joriy etilgan. Auditoriyalar zamonaviy trenajyorlar, o‘quv-laboratoriya uskunalari va komputer texnikasi bilan jihozlangan.

Prezidentimiz akademiyada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. O‘quv xonalari, muzey, oshxona, kursantlar yotoqxonalarida bo‘lib, ularning ta’lim olishi, harbiy mashg‘ulotlarni bajarishi jarayonini ko‘zdan kechirdi.

Akademiya tinglovchilarining kasb mahorati, intellektual darajasi va madaniyatini yanada oshirish uchun barcha sharoitlarni yaratishimiz darkor, dedi Shavkat Mirziyoyev. Bu jarayonda harbiy bilim yurtida ta’lim olishning zamonaviy uslublarini joriy etish, yuksak aql-zakovatli kadrlar tayyorlashga e’tibor qaratish lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni tashabbusi bilan tashkil qilingan «Temurbeklar maktabi»da tahsil olgan yoshlar ham mazkur akademiyada harbiy ta’limni davom ettirib, malakali ofitserlar bo‘lib xizmatga kirishadi.

Bundan tashqari, barcha oliy harbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tarkibini tayyorlash, jumladan, ularning xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishi bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.

Davlatimiz rahbari tinglovchilar va kursantlar bilan suhbatlashdi. Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 26 yilligi bilan tabrikladi. Ular ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lib, zamonaviy bilimlarni puxta egallashi lozimligini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar akademiyasining situatsion markazida bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islohotlardan ko‘zlangan maqsad mamlakatimiz mudofaa qudrati va sanoat salohiyatini yuksaltirishdir