O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 26-iyun kuni Oqsaroyda Malayziya, Jazoir Xalq Demoraktik Respublikasi, Hindiston Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Dato Norayni binti Abd Hamid, Nosir Busherit, Vinod Kumardan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonalarning yangi tayinlangan rahbarlarini samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston Malayziya, Jazoir va Hindiston bilan o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirishga alohida ahamiyat berayotganini ta’kidladi va ularning sharafli hamda mas’uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. 

Malayziya elchisi bilan suhbatda mamlakatlarimizning siyosiy, savdo-iqtisodiy sohalardagi aloqalari, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorligining bugungi holati va uni rivojlantirishning istiqbollari muhokama etildi. 

Uchrashuvda o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, O‘zbekiston – Malayziya institutlari faoliyatini va hamkorlik mexanizmlarini faollashtirish, qo‘shma iqtisodiy loyihalarni amalga oshirishdan har ikki mamlakat ham manfaatdor ekani ta’kidlandi. 

Elchi Dato Norayni binti Abd Hamid Malayziya va O‘zbekiston hamkorligini o‘zaro manfaatli asosda yanada kengaytirish va mustahkamlashni o‘zining asosiy vazifasi, deb bilishini ta’kidladi. 

O‘zbekiston Jazoirga Shimoliy Afrikadagi eng muhim tashqi siyosiy sheriklardan biri, deb qaraydi. 

Suhbat chog‘ida mamlakatlarimiz o‘zaro manfaatli savdoni rivojlantirish, investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada kengaytirish uchun katta salohiyatga ega ekani qayd etildi. 

Jazoir elchisi ikki mamlakat xalqlarini tarixiy, madaniy va ma’naviy mushtarak aloqalar bog‘lab turishini ta’kidladi va davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga munosib xizmat qilishni o‘zi uchun ulkan sharaf, deb bilishini qayd etdi. 

O‘zbekistonda Hindistonni nafaqat qadimiy tamaddun beshiklaridan biri, balki jadal rivojlanib borayotgan va mintaqaviy hamda xalqaro munosabatlarda muhim o‘rin tutadigan mamlakat sifatida yaxshi biladi. 

Davlatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar oliy darajadagi doimiy siyosiy muloqotlar asosida izchil rivojlanmoqda. O‘zbekiston Prezidentining 2011-yilning may oyida Hindistonga davlat tashrifi va ushbu tashrif chog‘ida bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralar o‘zaro serqirra hamkorlikni yanada mustahkamlash imkonini berdi.

Hindiston elchisi mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun butun kuch-g‘ayrati va tajribasini ishga solishini ta’kidladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishonch yorliqlari topshirildi