O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 10-dekabr kuni Oqsaroyda Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi, Shveytsariya Konfederatsiyasi, Eron Islom Respublikasi, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Kuvayt Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 10-dekabr kuni Oqsaroyda Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi, Shveytsariya Konfederatsiyasi, Eron Islom Respublikasi, Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi, Kuvayt Davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Solih Ahmad al-Javarneh, Shtefan Klyotsli, Bahman Og‘araziy Do‘rmoniy, Kristofer Allan va Ahmad Xolid Abdulla al-Jiyrondan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizdagi diplomatik vakolatxonalarning yangi tayinlangan rahbarlarini samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston ushbu davlatlar bilan o‘zaro munosabatlarni izchil rivojlantirishga alohida ahamiyat berishini ta’kidladi va ularning mas’uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Iordaniya elchisi bilan suhbatda mamlakatlarimiz o‘rtasida turli sohalarda o‘rnatilgan hamkorlikka yuksak baho berildi, o‘zaro munosabatlarni yanada rivojlantirishdan tomonlar manfaatdor ekani, bu ko‘p qirrali hamkorlikning mavjud salohiyatidan to‘liq foydalanish imkonini berishi ta’kidlandi.

Elchi Solih Ahmad al-Javarneh Iordaniya Podshohi Abdulloh Ikkinchining samimiy salomi va ehtiromini yetkazdi, mamlakatimiz butun mintaqada muhim o‘rin tutishini va Iordaniya rahbariyati O‘zbekiston bilan munosabatlarni yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratishini ta’kidladi.

Shveytsariya Konfederatsiyasi elchisi Shtefan Klyotsli nafaqat tajribali diplomat, balki Markaziy Osiyoning ekologik muammolari bo‘yicha mutaxassis sifatida ham yaxshi ma’lum. U mamlakatimizda boshlayotgan faoliyatida Shveytsariya bilan O‘zbekiston o‘rtasidagi an’anaviy aloqalarni yanada kengaytirishga e’tibor qaratishini qayd etdi.

Shveytsariya Prezidenti Dide Burkxalterning o‘tgan yilning oxirida O‘zbekistonga tashrifi va oliy darajadagi samarali muzokaralar siyosiy muloqotni mustahkamlash, turli sohalarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash imkonini berdi.

Mamlakatimizga yaqin qo‘shni va istiqbolli hamkor hisoblangan Eron bilan munosabatlar o‘zaro manfaatli barcha yo‘nalishlarda mustahkamlanib bormoqda. Tomonlar, ayniqsa, savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi aloqalarni izchil rivojlantirmoqda.

Elchi Bahman Og‘araziy Do‘rmoniy Eron va O‘zbekiston, xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada chuqurlashtirish, davlatlararo bitimlar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda o‘zining bilim va diplomatik tajribasini ishga solishini ta’kidladi.

O‘zbekistonda Buyuk Britaniyaga dunyodagi kuchli siyosiy, iqtisodiy, gumanitar imkoniyatga ega, global va mintaqaviy jarayonlarga ta’sir ko‘rsata oladigan yetakchi davlatlardan biri sifatida qaraladi. Ayni paytda turli sohalarda aloqalarni bosqichma-bosqich rivojlantirish imkonini beradigan o‘zaro anglashuv va amaliy yondashuv O‘zbekiston – Britaniya hamkorligining asosini tashkil etadi.

Elchi Kristofer Allan Buyuk Britaniya rahbariyati O‘zbekiston bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlashga tayyor ekanini va ushbu vazifani amalga oshirishda u bor kuch-g‘ayratini ishga solishini ta’kidladi.

Kuvayt Davlati elchisi bilan suhbat chog‘ida bugungi kunda ikki tomonlama aloqalar izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi. O‘zbekiston va Kuvayt turli sohalarda, jumladan, BMT, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa tashkilotlar doirasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston Prezidentining 2004-yil yanvarda Kuvaytga tashrifi va Kuvayt Amirining 2008-yil iyul oyida mamlakatimizga tashrifi o‘zaro munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tardi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar aloqalarni yanada faollashtirish imkonini berdi.

Elchi Ahmad Xolid Abdulla al-Jiyron o‘zaro manfaatli munosabatlar bo‘yicha to‘plangan tajribani yanada boyitish, O‘zbekiston va Kuvayt manfaatlariga mos keladigan yangi qo‘shma loyihalarning hayotga tatbiq etilishiga hissa qo‘shishni o‘zining asosiy vazifasi, deb bilishini ta’kidladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishonch yorliqlari topshirildi