O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi delegatsiyasi rahbari etib tayinlangan Eduards Stiprays, Qirg‘iziston Respublikasi, Fransiya Respublikasi, Italiya Respublikasi, Chexiya Respublikasi, Yaponiya, Misr Arab Respublikasi, Turkiya Respublikasi va Saudiya Arabistoni Podshohligining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchilari etib tayinlangan Daniyar Sidiqov, Violen de Vilmor, Andrea Bertotssi, Yaroslav Siro, Nobuaki Ito, Amani al-Itr, Ahmet Bashar Shen, Hisham bin Mishal al-Suveylimdan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi.

Prezidentimiz diplomatik missiyalar rahbarlarini samimiy qutlar ekan, O‘zbekiston ushbu davlatlar bilan hamkorlikni izchil rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratishini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardan boshlab puxta o‘ylangan tashqi siyosatni izchil amalga oshirib kelmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. Uning zamirida xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, madaniyati, an’ana va qadriyatlari, ezgu orzu-intilish va manfaatlari mujassamdir.

O‘zbekistonning tashqi siyosati Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomida mustahkamlab qo‘yilgan asosiy huquqiy tamoyillarga va Konstitutsiyamizga, mamlakatimiz o‘z zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarga to‘liq mos holda amalga oshirilmoqda.

Biz bundan buyon ham tashqi siyosatimizni olib borishda O‘zbekiston Respublikasining Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasida belgilangan strategik vazifalar va ustuvor yo‘nalishlarga tayanamiz.

Biz o‘zimiz tanlagan, tinchlikparvarlikka asoslangan, yuzaga keladigan ziddiyat va qarama-qarshiliklarni faqat tinch, siyosiy vositalar bilan hal etishga qaratilgan yo‘lga doimo sodiqmiz, dedi davlatimiz rahbari.

Hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmaslik, boshqa davlatlarning harbiy bazalari va obyektlarining O‘zbekiston hududida joylashuviga, harbiylarimizning chet ellardagi operatsiyalarda ishtirok etishiga yo‘l qo‘ymaslik davlatimizning qat’iy siyosiy pozitsiyasi bo‘lib qoladi.

Tashqi siyosat sohasidagi barcha hamkorlarimizga nisbatan ochiqlik va xayrixohlik ruhida, pragmatik siyosat olib boramiz, deb ta’kidladi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan samarali munosabatlarni yuksak qadrlaydi. Buning mustahkam huquqiy negizini Sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tashkil etadi. Ushbu hujjat asosida ko‘p qirrali munosabatlarning ta’sirchan mexanizmlari – Hamkorlik kengashi va qo‘mitasi, Parlamentlararo hamkorlik qo‘mitasi va boshqa tuzilmalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

“Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” formatidagi vazirlarning navbatdagi uchrashuvi shu yil kuzda O‘zbekistonda o‘tkazilishi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashga yordam beradi.

O‘tgan yili “To‘qimachilik bitimi”ning Yevropa parlamenti tomonidan tasdiqlangani savdo-iqtisodiyot sohasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish uchun yangi istiqbollar ochmoqda.

Mamlakatimiz O‘zbekiston – Yevropa sherikligining keng ko‘lamli investitsiya dasturi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda.

O‘zbekiston dunyodagi barcha davlatlar, avvalo, qo‘shni mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda.

Xalqimizda “Yon qo‘shni – jon qo‘shni”, “Qo‘shning tinch – sen tinch” degan maqollar bor. Bular tarix tajribasidan kelib chiqib, necha ming yillik yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini inobatga olib aytilgan buyuk hikmatli so‘zlardir.

O‘zbekiston Respublikasi Qirg‘iziston Respublikasi bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishni muhim vazifa deb biladi. Xalqlarimiz o‘rtasidagi zamonlar sinovidan o‘tgan qardoshlik rishtalari o‘zaro hurmat va do‘stlik munosabatlari, mushtarak madaniy qadriyatlar orqali uzviy bog‘lanib ketgan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atamboyevning Samarqand shahrida o‘tkazgan muzokaralari ikki tomonlama hamkorlik sohasida yangi sahifa ochdi. Mamlakatimiz Qirg‘iziston bilan o‘zaro hurmat, bir-birining manfaatlarini tan olish asosida va xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq tarzda yanada samarali hamkorlik qilishga tayyor.

O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi keng ko‘lamli aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashi doimiy a’zosi sifatida Fransiya O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud yaratish bo‘yicha tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan.

Davlatlarimiz o‘rtasida faol siyosiy muloqot olib borilmoqda. Shu yil mart oyida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Parijga, aprel oyida esa Fransiya tashqi ishlar vaziri Toshkentga tashrif buyurdi.

Fransiya kompaniyalarining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ishtirokini, ikki tomonlama savdo hajmi o‘sib borayotganini alohida qayd etish zarur. O‘zbekistonda Fransiya taraqqiyot agentligining tuzilmasi ish boshladi.

Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik o‘zaro aloqalarning muhim yo‘nalishi hisoblanadi. Yoshlarimizning fransuz tilini puxta o‘rganishi uchun “Fransuz alyansi”ning mamlakatimizdagi faoliyati qo‘llab-quvvatlanmoqda.

O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib bormoqda. Ikki davlat parlamentlari orasida yaqin va samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani e’tiborga sazovordir.

Savdo, iqtisodiyot va sanoat sohasidagi hamkorlik hamda eksport kreditlari bo‘yicha O‘zbekiston – Italiya hukumatlararo ishchi guruhining shu yil Rim shahridagi navbatdagi yig‘ilishi ikki tomonlama savdo-sotiq hajmining o‘sishi, iqtisodiyotimizga Italiya sarmoyalari ortishi uchun qulay shart-sharoit yaratadi.

2009-yilda Toshkent shahrida ochilgan Turin politexnika universiteti O‘zbekiston yoshlari havas bilan intiladigan oliy o‘quv yurtlaridan biridir. Iqtisodiyotning real sektoridagi talabni inobatga olgan holda, joriy yilda mazkur universitet uchun qabul kvotalarini oshirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Chexiya Respublikasi o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar mustahkamlanmoqda. 2015-yilda Chexiya Senati raisi M.Shtex, joriy yil fevral oyida Deputatlar palatasi raisi Ya.Gamachek boshchiligidagi delegatsiyalar mamlakatimizda bo‘ldi. Tomonlar turli darajadagi, jumladan, oliy maqomdagi tashriflarni amalga oshirishdan manfaatdor.

Savdo, investitsiya va turizm sohalarida hali ishga solinmagan katta imkoniyatlardan kelgusida O‘zbekiston va Chexiya ravnaqi, xalqlarimiz farovonligi yo‘lida keng foydalanish mumkin.

Yaponiya O‘zbekistonning tashqi siyosatida alohida o‘rin tutadigan strategik hamkoridir. Yaponiya nafaqat iqtisodiy rivojlangan, balki global muammolarni hal etishda tobora sezilarli rol o‘ynayotgan qudratli davlatdir.

Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening 2015-yil oktabrda O‘zbekistonga amalga oshirgan rasmiy tashrifi ko‘p qirrali hamkorligimizni strategik sheriklik ruhida rivojlantirish yo‘lida yangi qadam bo‘ldi.

O‘zbekiston Yaponiya bilan investitsiyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikni yanada kengaytirish, yuqori texnologiyalar, transport infratuzilmasi, kommunikatsiya, mashinasozlik kabi istiqbolli tarmoqlar bo‘yicha loyiha va dasturlarni birgalikda amalga oshirishga tayyor.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti qoshida tashkil etiladigan O‘zbekiston – Yaponiya yoshlar innovatsiya markazining ishga tushirilishi mo‘ljallanmoqda. Mazkur markaz sanoat tarmoqlariga eng ilg‘or innovatsion g‘oya va texnologiyalarni keng tatbiq etish, soha rivojini yangi bosqichga ko‘tarishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.

O‘zbekiston va Misr xalqlarini ko‘p asrlik rishtalar, mushtarak madaniy qadriyatlar bog‘lab turadi. Nil daryosida suv hajmini o‘lchaydigan noyob qurilma – nilomer uskunasini yaratgan buyuk ajdodimiz Ahmad Farg‘oniyning boy ilmiy merosi bilan xalqlarimiz birdek faxrlanadi.

Alloma bobomizning Qohira shahrida barpo etilgan muazzam haykali timsolida Misr xalqining o‘zbek xalqiga bo‘lgan yuksak hurmat-ehtiromi ifodasini ko‘ramiz.

O‘zbekiston nafaqat mintaqada, balki arab va musulmon olamida katta obro‘-e’tiborga ega Misr Arab Respublikasi bilan an’anaviy do‘stona hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishdan manfaatdor.

Turkiya O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan davlatlardan. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning Samarqandda o‘tgan muzokaralari davlatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish jarayonini boshlab berdi.

O‘zbekiston ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha barcha sohalarni qamrab olgan Amaliy harakatlar rejasini, ya’ni o‘ziga xos “yo‘l xaritasi”ni qabul qildi. O‘zaro savdo hajmini ko‘paytirish va istiqbolli investitsiya loyihalarni amalga oshirishda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya faoliyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yaqinda O‘zbekiston hukumat delegatsiyasining Turkiyaga tashrifi chog‘ida savdo va sarmoyaviy, turizm, transport kommunikatsiyalari, logistika va boshqa sohalarda erishilgan kelishuvlar o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.

Turkiya tashqi ishlar vazirining yaqinda O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi doirasida ana shu masalalar muhokama qilindi.

Saudiya Arabistoni Podshohligi bilan hamkorlik O‘zbekiston uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

So‘nggi yillarda haj amalini ado etishni istayotgan yurtdoshlarimiz ortib borayotganini inobatga olib, 2017-yilda mamlakatimizdan haj ziyoratiga boruvchilar soni oshirildi.

O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan xalqaro tashkilotlar doirasidagi aloqalar, jumladan, Islom hamkorlik tashkiloti bilan o‘zaro munosabatlarga alohida ahamiyat qaratadi. O‘zbekiston hozirgi vaqtda ushbu tashkilotning Tashqi ishlar vazirlari kengashi faoliyatiga raislik qilmoqda.

O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan o‘zaro manfaatli va uzoq muddatli munosabatlarni savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va moliyaviy sohalarda yanada faollashtirish tarafdori.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev elchilarni mamlakatimizda ish boshlayotgani bilan samimiy tabriklab, ularning mas’uliyatli faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishonch yorliqlari topshirildi