O‘zA O`zbek

06.11.2019 Chop etish versiyasi

Inson huquqlarini ta’minlash – bosh maqsad

Inson huquqlarini ta’minlash – bosh maqsad


Namanganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda YeXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori hamkorligida “O‘zbekiston Respublikasida qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizmning mohiyati va ahamiyati” mavzusida hududiy seminar o‘tkazildi.

photo5337266257587710986.jpg

Tadbirda prokuratura, ichki ishlar, advokatlar palatasi, sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi tizimi vakillari, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalari, tergov hibsxonalari va maxsus qabulxonalar, surunkali alkogolizmga, giyohvandlik va zaharvandlikka, ruhiy kasalliklarga chalinganlarni davolash uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan davolash profilaktika muassasalari xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda mahkumlarning va qamoqda saqlanayotgan shaxslarning huquq hamda erkinliklarini himoya qilish sohasidagi qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyati,ombudsman roli va uning davlat organlari bilan hamkorligi tartibi, shuningdek, ushbu sohada amalda bo‘lgan xalqaro huquqiy normalar va standartlar xususida so‘z yuritildi.



720
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA