O‘zA O`zbek

18.10.2019 Chop etish versiyasi

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi o‘z faoliyatini boshladi

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi o‘z faoliyatini boshladi


Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan ikki yil muqaddam Sherobod tumanidagi Iso Termiziy maqbarasi obod qilingan edi. 2017 yil 14 fevralda davlatimiz rahbarining Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida qarori qabul qilindi. 

Mazkur qaror asosida Termiz shahrida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qurildi. Unda islom dini, jumladan, hadis ilmi, Iso Termiziy hamda termiziy allomalar merosi chuqur o‘rganiladi. Diniy ta’lim, ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlarida foydalanishga qaratilgan darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari, ommabop nashrlar, ilmiy-amaliy tavsiyalar tayyorlanadi. 

Davlatimiz rahbari markazga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Buyuk muhaddis Imom Termiziy hayoti va asarlarini chuqur o‘rganish, yosh avlodga yetkazish, xalqimizga tushunarli tilda kitoblar chop etish bo‘yicha tavsiyalar berdi. Bu yerda ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun munosib sharoitlar yaratish, olimlarning xalqaro ilmiy konferensiyalarda ishtirokini kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

d8e0a222-848c-6ec7-2fd4-f82211656e0c.jpg

8ba59efc-1351-f61e-e3c0-6af97b9db348.jpg

d997dfb4-ae91-3d18-f28d-c3b12c0a4bb0.jpg

88df0058-d7a0-dd87-3546-2238a81ebaa3.jpg

7763fcfd-a5df-f403-d1fd-f705cf126fa9.jpg

80379325-4f9c-0656-02cf-bdc26f0db8ca.jpg

2 107
O'zA