O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov 19-fevral kuni Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 12-Xorazm okrug saylov komissiyasining raisi A.Rahimov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili R.Saburov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

31C.jpg

Nomzodning saylovoldi dasturida munosib ish haqi to‘lanadigan barqaror ish o‘rinlarini taqdim etayotgan korxonalarda mehnatga layoqatli aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirish, ijtimoiy sheriklik institutini yanada rivojlantirishni izchil ta’minlash, aholi, ayniqsa, olis qishloq hududlarida birlamchi tibbiy yordamdan qulay va tez foydalanish imkoniyatini ta’minlovchi qishloq vrachlik punktlari tarmog‘ini kengaytirish, farmatsevtika korxonalari va dorixona muassasalari faoliyati, dori-darmon vositalarining narxi ustidan davlat nazoratini kuchaytirish kabi qator ustuvor vazifalar belgilangan.

Uchrashuvda “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi boshqaruvi raisi O.Rajabov, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori B.Ismoilov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi bo‘lim mudiri N.Odamboyeva va boshqalar nomzodning saylovoldi dasturida ilgari surilgan maqsad-vazifalar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hotamjon Ketmonovning Xorazm viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi