Xalq demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Hotamjon Ketmonov 16-fevral kuni Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashdi.

Mamlakatimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 28-moddasiga muvofiq, Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning saylovoldi tashviqoti to‘g‘risidagi qarori asosida joylarda nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlari boshlandi. 

Uchrashuvni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazuvchi 11-Farg‘ona okrug saylov komissiyasining raisi N.Sobirov ochdi. Prezidentlikka nomzodning ishonchli vakili M.Mahkamov yig‘ilganlarni nomzodning tarjimai holi bilan tanishtirdi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod H.Ketmonov o‘z saylovoldi dasturi yuzasidan nutq so‘zladi.

Dasturda davlat va jamiyat tomonidan manzilli ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, kam ta’minlangan oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish, ijtimoiy ta’minot tizimlarini takomillashtirish, aholi bandligini ta’minlash orqali turmush farovonligini yuksaltirish kabi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilgan. 

Uchrashuvda Marg‘ilon tibbiyot kolleji direktori Sh.Ermatov, Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi direktori o‘rinbosari Sh.Nishonboyev, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat kengashi raisi o‘rinbosari D.Mamajonova va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tayotgani mamlakatimizda demokratiya tamoyillariga amal qilinayotgani, milliy saylov tizimi xalqaro normalarga to‘la mos kelishidan dalolat ekanini ta’kidladi. Saylovchilarni 2015-yil 29-mart kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida faol ishtirok etishga chaqirdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hotamjon Ketmonovning Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashuvi