2018-yilning 12-fevral kuni Dehli shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashuv o‘tkazdi.

2018-yilning 12-fevral kuni Dehli shahrida amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Hindiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda TIV ning rasmiy sayti xabar berdi.

Hindiston TIV.JPG

Turli darajalardagi O‘zbekiston-Hindiston muntazam muloqotining davomi sifatida vazirlar ikki tomonlama kun tartibning dolzarb masalalari hamda mintaqaviy hamkorlikning alohida mavzularini muhokama qildilar.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Hindistonning siyosiy, ishbilarmon va boshqa doiralari orasida ikki mamlakat hamkorligini yanada mustahkamlashga qiziqish oshayotganligi qayd etildi. O‘zbekiston va Hindistonning yetakchi firma va kompaniyalari vakillari uchun shart-sharoit yaratish va ular o‘rtasidagi aloqalarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga asosiy e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston TIV rahbari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sherikchilik” nomli Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik jarayoni to‘g‘risida hindistonlik hamkasbiga ma’lumot berdi. Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Hindiston tomoni Afg‘oniston bo‘yicha Toshkent forumini o‘tkazishga oid O‘zbekiston tashabbusini to‘liq qo‘llab quvvatladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Hindiston Tashqi ishlar vaziri bilan uchrashuv