Hindiston Bosh vazirining O‘zbekistonga tashrifiga doir
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi 2015-yil 6-7-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning taklifiga binoan Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi 2015-yil 6-7-iyul kunlari rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘ladi.
Oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston – Hindiston hamkorligining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar muhokama qilinadi.
Muzokaralar yakuni bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, ko‘p qirrali o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.