Avval xabar qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida 16-17-fevral kunlari Buxoro viloyatida bo‘ldi.

Tashrifning birinchi kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev keng ko‘lamli iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi, viloyatda barpo etilayotgan zamonaviy korxonalar, keng va ravon yo‘llar, ta’lim va tibbiyot muassasalarida bo‘ldi, yoshlar, turli soha vakillari bilan suhbatlashdi.

Buxoro viloyati aholisining 48 foizi 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlardir. Ularni sog‘lom va ma’naviy yetuk insonlar etib tarbiyalash, iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

1.JPG

Davlatimiz rahbari viloyatga tashrifining ikkinchi kunini Buxoro shahar Yoshlar markazi faoliyati bilan tanishishdan boshladi. Markaz to‘garaklarida olib borilayotgan mashg‘ulotlar jarayonini kuzatdi.

17.JPG

O‘tgan yili sobiq Madaniyat saroyining eski binosi kapital ta’mirlanib, Yoshlar markaziga aylantirildi. Uch qavatli zamonaviy binoda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Buxoro viloyati kengashi faoliyat ko‘rsatmoqda. 808 o‘rinli tomosha zali va 280 tomoshabinga mo‘ljallangan kinozal yoshlarning ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish, jumladan, ommaviy-madaniy tadbirlar o‘tkazish uchun juda qulay.

Maskanda ingliz va rus tillari, shaxmat-shashka, stol tennisi, yosh aktyorlar, qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, yoshlar turizmi, maktabgacha ta’lim, inklyuziv ta’lim, tasviriy san’at, tikuvchilik kabi 20 dan ziyod to‘garak, ruhshunos-maslahat markazi faoliyat ko‘rsatadi. 4000 kitob fondiga ega kutubxona ham yoshlar ixtiyorida.

Yoshlar markazi yaqinida Buxoro davlat universiteti, San’at kolleji kabi qator bilim maskanlari joylashgani ushbu o‘quv yurtlari talaba va o‘quvchilari uchun markaz to‘garaklari va kutubxonasidan foydalanishda katta qulaylik yaratadi.

Davlatimiz rahbariga Yoshlar markazida joriy yilda tashkil etiladigan yangi to‘garaklar, istiqbolli loyihalar haqida ma’lumot berildi.

9.JPG

– Eng yaxshi fazilatlar kitobda mujassam. Biz yoshlarimizni bilimli, yuksak ma’naviyatli qilib tarbiyalashni istasak, ularni kitobga mehr ruhida voyaga yetkazishimiz, turli kasblarga o‘rgatishimiz kerak, – dedi Prezidentimiz.

Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev Buxoro – Kogon yo‘li bo‘yida qurilayotgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi. Bu uylar qurilishi 2017-yil may oyida boshlangan va ularni joriy yil martda yakuniga yetkazish mo‘ljallangan. Umumiy majmua sifatida qurilayotgan uylar soni 39 ta bo‘lib, 1024 xonadondan iborat. 5 qavatli va asosan 2, 3 xonali uylar 15 yil muddatga kredit asosida beriladi.

31.JPG

Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyatda olib boriladigan yangi qurilishlar haqida ma’lumot berildi. Kogon shahrida qurilayotgan 6 va 7 qavatli uylar qariyb 2 gektar maydonni egallaydi.

Buxoro shahrining Islom Karimov ko‘chasi bo‘yidagi inshootlarni qayta qurish loyihasiga ko‘ra, savdo, ko‘ngilochar markazlar, ijtimoiy soha obe’ktlari barpo etiladi. Shavkat Mirziyoyev loyihalarni takomillashtirish bo‘yicha o‘z takliflarini aytdi.

Buxoro shahrining bosh rejasiga ko‘ra, I.Karimov, O.Eshonov, Hamza, M.Iqbol, S.Ayniy ko‘chalari kesishmalaridagi turar joy mavzelari qayta quriladi. Tartibsiz va ma’naviy eskirgan uylar yangilanadi.

Bu yerdagi besh massivda 785 xonadonli 57 turar joy binosi, 181 noturar joy bino va 28 ta hovli mavjud. Yangi loyihaga ko‘ra, 3399 xonadonli 57 turar joy binosi, 370 noturar joy bino barpo etiladi.

– Bu eng muhim masala, – dedi Prezidentimiz. – Odamlarni rozi qilish uchun avvalo, ularning yashash joylariga e’tibor qaratishimiz, turmush sharoitini yaxshilashimiz lozim.

Loyihalarda ko‘rsatilganidek, Buxoro shahridagi Ibn Sino ko‘chasi qayta quriladi. Bundan tashqari, Alpomish va Farog‘iy ko‘chalari kesishmasida umumiy majmua sifatida yangi turar joy binolari qad rostlaydi.

Buxoro viloyatida ko‘p qavatli uy-joy fondini yaxshilash dasturida esa, joriy yilda 546 ta ko‘p qavatli uyni ta’mirlash va atrofini obodonlashtirish ko‘zda tutilgan.

– Buxoro – sayyohlar ko‘p keladigan shahar. Bu yerda tarixiy obidalar ko‘p, lekin zamonaviy bino va inshootlar kam, – dedi Shavkat Mirziyoyev. – Bu ko‘chalar bo‘yida zamonaviy binolar qurish kerak. Buxoro nafaqat tarixiy, balki zamonaviylik nuqtai nazaridan ham yetakchi bo‘lishi zarur.

Davlatimiz rahbariga Buxoro davlat tibbiyot institutining 900 o‘rinli o‘quv binosi va 200 o‘rinli klinikasi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filialining qabul-diagnostika bo‘limini qurish va 120 o‘rinli davolash korpusini rekonstruksiya qilish loyihalari taqdim qilindi.

Viloyatda yo‘lovchi tashish tizimini rivojlantirish rejasiga ko‘ra, katta sig‘imli avtobuslar xarid qilinadi. Buxoro viloyatidan Rossiyaning Moskva, Ufa, Sankt-Peterburg kabi shaharlariga yangi yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yiladi. Bundan tashqari, mavsumiy yo‘nalishlar tashkil qilinib, viloyatlarga qatnovlar amalga oshiriladi.

37.JPG

– Transport tizimini takomillashtiradigan vaqt keldi, – dedi Prezidentimiz. – Shu paytgacha bu sohaga yetarlicha e’tibor berilmadi. Qanchadan-qancha avtobus saroylari xususiylashtirib yuborildi. Chekka joylarga transport vositalari bormaydi. Odamlar shaharga kelishga qiynaladi. Buning uchun jamoat transporti tizimini tartibga olish zarur.

Buxoro viloyatida ichimlik suvi ta’minoti tizimini rivojlantirish rejasi ham ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, 2019 yildan viloyatning asosiy qismi ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Ayni paytda bu boradagi ko‘rsatkich 51 foiz, xolos. Jahon banki ishtirokida amalga oshirilayotgan loyihada Qorako‘l va Olot tumanlari aholisini ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlash ko‘zda tutilgan.

38.JPG

Davlatimiz rahbari loyihalarni imkon qadar qisqa muddatlarda amalga oshirish zarurligini ta’kidladi. Lekin, ishning sifatiga alohida e’tibor qaratish lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugga qarashli harbiy qismlardan birida bo‘ldi.

Qurolli Kuchlar tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yangi Mudofaa doktrinasi qabul qilingani hozirgi tahlikali zamonda mamlakatimiz mudofaasi va qo‘shinlarning jangovar tayyorgarlik darajasini yanada yuksaltirishda muhim omil bo‘lmoqda. Mazkur qismda ham harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligini oshirish uchun barcha sharoit yaratilgan. O‘quv binolari, auditoriyalar, kompyuter sinflari, elektron kutubxona, ma’naviyat va ma’rifat xonalari, sport zali eng zamonaviy uskuna va jihozlar bilan ta’minlangan.

42.JPG

Prezidentimiz dastlab Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy razvedka tizimini takomillashtirish, Buxoro viloyati harbiy-ma’muriy sektori faoliyati, viloyatda harbiy shaharcha barpo etish borasidagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

Harbiy sohaning jamiyatimizdagi nufuzini oshirish, qism va muassasalar oshxonalarini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha joriy etilgan outsource tizimining ahamiyati, zaxiradagi ofitser kadrlar bilan ishlash, ta’lim muassasalarida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida, faol hayotiy pozitsiyaga ega insonlar etib tarbiyalash masalalari haqida so‘z yuritildi.

Davlatimiz rahbari qismda harbiy xizmatchilarning yashashi, bilim olishi, jismonan chiniqishi uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirar ekan, ularning nazariy bilim va ko‘nikmasi hamda jangovar tayyorgarligini muttasil oshirib borish asosiy e’tiborda bo‘lishi zarurligini qayd etdi.

Prezidentimiz tashrifi munosabati bilan harbiy qism shaxsiy tarkibi saf tortdi. Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni ular bilan suhbatda bugungi murakkab davrda Vatan himoyachilari zimmasida osmonimiz musaffoligi va xalqimiz tinchligini ta’minlashdek g‘oyat mas’uliyatli va sharafli vazifa turganini, harbiy xizmatchilar har qanday tahdid va xavf-xatarlarga qarshi har lahza tayyor turishi lozimligini ta’kidladi.

– Armiya – xalqimizning mustahkam qalqoni, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Mamlakatimiz mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan ko‘zlangan maqsad, armiyani xalqimizga yaqinlashtirishdan iborat. Vatan himoyachilarining xizmat sharoitini yaxshilash, oilasi, farzandlarining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish bo‘yicha ko‘p ishlar qilayapmiz. Bunga javoban harbiylar ham ota-bobolarimizga munosib bo‘lishi, zamonaviy bilimlarni puxta egallab, har kuni o‘z ustida ishlashi, tajribasini boyitib borishi zarur.

Harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ruhiy tayyorgarligini oshirib borish, ularni xorijda o‘qitishni tashkil etish, harbiy sohaga qanday dasturlar olib kelish bo‘yicha takliflar tayyorlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

Mamlakatimizda atrof-muhitni obodonlashtirish va tozalikka rioya qilish, maishiy chiqindilarni yig‘ish, saralash va qayta ishlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Prezidentimizning 2017-yil 21-apreldagi “2017-2021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida 2017-2018-yillarda barcha viloyatlarda chiqindilarni qayta ishlash korxonalari qurish ko‘zda tutilgan.

Bugungi kunda chiqindilarni qayta ishlab, tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar xorijdan zamonaviy texnologiyalar keltirib, o‘ziga xos klasterlar tashkil etayotir.

Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 10-11-mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida Kogon tumanida qurilishi mo‘ljallangan chiqindilarni saralash va qayta ishlash klasteri loyihasi bilan tanishgan edi. Oradan bir yil ham vaqt o‘tmasdan, mazkur korxona ish boshladi.

Korxonaga tumandagi bo‘sh turgan bino va inshootlar “nol” qiymatda berildi. Shartnomaga ko‘ra, 1,6 milliard so‘m mablag‘ sarflanib, binolar ta’mirdan chiqarildi. 5,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga korxonaning asosiy ishlab chiqarish inshootlari barpo etildi.

Xorijdan bir kecha-kunduzda 450 tonna chiqindini qabul qilish quvvatiga ega liniya keltirib, o‘rnatildi. Bu yerda metall, tosh, shisha, yaroqsiz rezina va avtoshinalar, plastmassa, yog‘och-taxta bo‘laklari, shox-shabba, makulatura, qurilish materiallari chiqindisi, qiyqim matolar saralanadi va qayta ishlanadi. Ushbu chiqindilardan briket, sintetik tola, qog‘oz karton, to‘qimachilik matosi, pishgan g‘isht, biogumus va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilib, eksport qilinadi.

Ayni paytda 400 dan ziyod kishi mehnat qilayotgan korxonaga Buxoro va Kogon shaharlari, Buxoro, Kogon tumanlaridagi maishiy chiqindilar keltirilmoqda. Keyinchalik korxona faoliyatini kengaytirish, viloyatning barcha hududlaridan chiqindilarni yig‘ib, chiqindi poligonlarini chiqindilardan tozalash rejalashtirilgan. Bu ko‘plab ish o‘rinlari yaratish imkonini beradi.

Korxona atrofidan ishchilar uchun uy-joy, savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, yopiq suzish havzasi, shifoxona, sport maydonchasi, avtoturargoh, maktab hamda maktabgacha ta’lim muassasasi qurish mo‘ljallanmoqda.

Davlatimiz rahbari korxonaning ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Chiqindi yig‘ish qamrovi va qayta ishlash quvvatini yanada kengaytirish, shunday korxonalarni boshqa joylarda ham tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shu bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi yakuniga yetdi. Tashrif davomida yutuqlar bilan birga, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham qayd etilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Bu har bir soha, har bir yo‘nalish, qolaversa, har bir fuqaro taqdiri Prezident nazoratida ekanidan dalolatdir.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Har bir soha va yo‘nalish, har bir fuqaro taqdiri doimiy e’tiborda