Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.12.2017 16:57 Chop etish versiyasi

Fuqarolar yig‘iniga Prezident sovg‘asi topshirildi

Kuni kecha Nukus shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari va faollari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Davlatimiz rahbari uchrashuvda asosiy diqqat-e’tibor, sa’y-harakatlar hududlar va tarmoqlarni izchil rivojlantirish, aholining hayotiy muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda ular uchun munosib turmush sharoitini ta’minlashga qaratilishi zarurligini ta’kidladi.

Uchrashuvda Prezidentimiz mahalla hududini obodonlashtirish, aholining turmush farovonligini ta’minlashdagi samarali mehnatlari uchun Qo‘ng‘irot tumanidagi eng olis hudud – “Qoraqalpog‘iston” posyolka fuqarolar yig‘inini xizmat mashinasi bilan ta’minlash borasida topshiriq bergan edi.

Bugun O‘zbekiston Respubliksi ‘‘Mahalla’’ xayriya jamoat fondi boshqaruvi raisi Shavkat Javlonov Prezident sovg‘asi – O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan “Nexia” avtomashinasining kalitini posyolka fuqarolar yig‘ini raisi Qutli Qo‘shimbetovaga topshirdi.

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA
2 679