O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 5-yanvar kuni sog‘liqni saqlash sohasining bir guruh yetakchi mutaxassislari bilan uchrashdi.

Videokonferensiya shaklida o‘tgan uchrashuvda hukumat a’zolari, senatorlar, viloyat hokimlari, vazirlik va idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlari, sog‘liqni saqlash tizimi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

– Sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biridir, – dedi Shavkat Mirziyoyev. –Mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirish, tibbiyot xodimlari mehnatini rag‘batlantirish, davolashning zamonaviy texnologiya va usullarini keng joriy etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilgan xalqimizning munosib hayot sifatini ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, har tomonlama sog‘lom avlodni tarbiyalash, tibbiy xizmat sifatini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda. Mustaqillik yillarida hayotga tatbiq etilgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida sog‘liqni saqlash tizimi tubdan o‘zgardi. Aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonuni bilan mustahkamlandi.

Shifokorlik kasbini ulug‘lash, ularning mashaqqatli mehnatini munosib rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilayotir. 1998-yil 10-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni zamonaviy talablarga javob beradigan va mamlakatimizning barcha hududlarida aholiga malakali xizmat ko‘rsatadigan, jumladan, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha yaxlit tizimni shakllantirishda muhim omil bo‘ldi. Mazkur hujjatga muvofiq mamlakatimizda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha zamonaviy tibbiy xizmat tizimi tashkil qilindi. Ushbu xizmat qishloq vrachlik punktlari va shahar oilaviy poliklinikalar tarmog‘ini qamrab olgan.

Bugungi kunda kardiologiya, jarrohlik, ko‘z mikroxirurgiyasi, urologiya, terapiya va tibbiy reabilitatsiya, endokrinologiya, pulmonologiya va ftiziatriya, akusherlik va ginekologiya, dermatologiya va venerologiya, pediatriya va boshqa yo‘nalishlardagi maxsus ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarida yuqori sifatli xizmat ko‘rsatilmoqda. Ushbu shifo muassasalarida har yili 50 mingga yaqin yuqori texnologiyali murakkab operatsiyalar bajariladi, 600 mingdan ko‘proq bemorga ambulator xizmat ko‘rsatiladi. Olimlarning dolzarb mavzulardagi ilmiy izlanishlari natijasida tibbiyotning yigirmadan ziyod yo‘nalishlari bo‘yicha 1000 dan ortiq davolash-diagnostika standartlari ishlab chiqildi.

2016-yil – Sog‘lom ona va bola yilida mamlakatimiz tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablag‘lari yo‘naltirildi, farzand ko‘rish yoshidagi ayollar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, sog‘lomlashtirildi. Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida eshitish bo‘yicha nuqsoni bo‘lgan 350 dan ortiq bolada koxlear implantatsiya operatsiyalari amalga oshirildi. 700 ming bola pnevmokokk infeksiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi emlandi.

Ammo bugun zamon o‘zgarmoqda, odamlarning talabi oshib bormoqda. Xalqimizning tibbiy madaniyati yuksalib, eng so‘nggi usul va rusumlarda tibbiy xizmat ko‘rsatilishini istaydi. Bizga shu ham bo‘laveradi, degan tushuncha endi o‘z umrini o‘tab bo‘ldi. Bu barcha sohalar qatori tibbiyot sohasiga ham bevosita daxldor, dedi Prezidentimiz. Shu bois soha xodimlari tibbiyotning eng ilg‘or, zamonaviy yutuqlarini, davolash usullarini o‘zlashtirmog‘i zarur. Erishilgan yutuqlarga mahliyo bo‘lib o‘tirish taraqqiyot yo‘lidagi eng katta g‘ovdir.

2017-yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilinganida ham katta ma’no mujassam. Zero, inson manfaatlari deganda, avvalo insonning salomatligi, zamonaviy tibbiy xizmatdan to‘laqonli foydalanishi ham nazarda tutiladi.

Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi uchrashuvlarida xalqning ichiga kirib, ularning dardi, muammolari, takliflarini eshitish lozimligini alohida qayd etdi. Bosh vazirning virtual qabulxonasiga kelgan murojaatlarning 7 mingdan ziyodi aynan tibbiyot sohasiga tegishli ekani ham mazkur sohada muayyan muammolar yig‘ilib qolganligini ko‘rsatmoqda. Aholining murojaatlari, fikr-mulohazalari va takliflari sog‘liqni saqlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo etmoqda.

Prezidentimiz tibbiyot sohasida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar, yechimini kutayotgan muammolar haqida atroflicha to‘xtaldi. Qishloq vrachlik punktlari faoliyatiga oid quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Bugungi kunda QVPlar birlamchi tibbiy ko‘rikni o‘tkazish uchun laboratoriya tahlili vositalari, qator diagnostika apparatlari bilan jihozlangani aholi uchun qulaylik yaratmoqda. Lekin tibbiy uskunalarni ishlatadigan malakali mutaxassislar yetarli darajada emas. Ba’zi chekka hududlarda oddiy qon topshirish uchun tuman markaziga yoki shaharga borishga to‘g‘ri kelayotganini ham inkor eta olmaymiz.

Ayrim joylarda tibbiy ko‘riklar nomigagina o‘tkazilmoqda, deb fikrini davom ettirdi Prezidentimiz. Chekka hududlarda malakali mutaxassislar yetishmayotgani kadrlar masalasida qilinadigan ishlar ko‘pligini anglatadi.

Qishloq vrachlik punktlari tunu kun ishlamog‘i zarur. Buning uchun punkt yonidan shu joyda ishlaydigan vrachga uy qurib berish lozim.

Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini yuksaltirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar ko‘rildi. Lekin bugun xalqimiz bu xizmat sifatidan rozi, deya olmaymiz. Tizimni mutlaqo o‘zgartirish – davr talabi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar tanqidiy ko‘rib chiqildi.

Ayollarimiz iboli, hayoli. Ba’zi masalalarda shifokorga borib dardini bemalol aytavermaydi. Shu bois xotin-qizlar uchun alohida poliklinika tashkil qilishimiz kerak, dedi davlatimiz rahbari. Toki ular borib o‘zini qiynayotgan masalada bemalol fikrlashsin. Chunki ertangi kunimizning davomchilarini sog‘lom dunyoga keltirish ko‘p jihatdan ayollarimizning salomatligiga bog‘liq.

Sog‘liqni saqlash sohasi haqida gapirganda bir haqiqatni esimizdan chiqarmasligimiz lozim: tibbiyot xodimlari bizning salomatligimiz posbonlaridir. Ularga xalq ishonishi, ular esa xalqni ishontira olishi kerak, deb ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari faoliyatida ham yechimini kutayotgan masalalar ko‘p. Mavjud markazlarning hammasi Toshkent shahrida joylashgan. Bu, ayniqsa, qishloq aholisiga muayyan noqulayliklar tug‘dirayotir. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari mutaxassislari joylarga chiqib aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmog‘i, jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazmog‘i lozim, dedi Prezidentimiz.

Tadbirda mamlakatimiz sog‘liqni saqlash sohasini yanada rivojlantirish, ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, yosh mutaxassislarni tarbiyalash jarayoniga ilg‘or ta’lim texnologiyalarini keng joriy etish, dunyoning yetakchi tibbiyot markazlari va o‘quv muassasalari, taniqli olimlar va mutaxassislar bilan hamkorlikni kengaytirish va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, sog‘liqni saqlash vaziri A.Ikromov, sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari A.Hojiboyev, sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosarlari E.Bositxonova, S.Saidaliyev, Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya markazi direktori F.Oqilov, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori A.Alyavi, Respublika immunologiya ilmiy markazi direktori T.Aripova, senator Z.Nizomxo‘jayev, "Sog‘lom avlod uchun" xalqaro xayriya fondi boshqaruvi raisi S.Inomova, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi M.Erniyazov, Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov, Buxoro viloyati hokimi O‘.Barnoyev va boshqalar Prezidentimizning tibbiyot sohasiga qaratayotgan alohida e’tibori soha rivojida muhim omil bo‘layotganini qayd etdi. Bildirilgan tanqidiy fikrlardan zarur xulosalar chiqarib, ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish, soha oldida turgan dolzarb vazifalarni bajarish yuzasidan tizimli ishlar olib borilishini, barcha kuch va imkoniyatlar ishga solinishini ta’kidladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farzandlari sog‘lom yurtning kelajagi buyukdir