Farg‘ona shahrida Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston – Tojikiston hukumatlararo komissiyasining navbatdagi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat hukumatlari a’zolari, tegishli vazirliklar, idoralar va yetakchi iqtisodiy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda o‘zbek va tojik xalqlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik yangi bosqichga chiqayotganini alohida ta’kidladi.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi hamkorlik do‘stlik, o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga asoslangan. Ikki davlat rahbarlari tomonidan O‘zbekiston – Tojikiston munosabatlarini mustahkamlashga qaratilayotgan alohida e’tibor xalqlarimiz tub manfaatlariga xizmat qilmoqda. Ikki tomonlama hamkorlik barcha kompleks masalalarni yaxshilash nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Bugungi kunda tovar almashish hajmi o‘smoqda, iqtisodiyotning turli sohalaridagi hamkorlik miqyosi kengaymoqda. Ikki mamlakatning yetakchi korxonalari va ishbilarmon doiralari o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatishga xizmat qiladigan sanoat ko‘rgazmalari va biznes-forumlar o‘tkazildi va bu ishlar davom etmoqda. Shu bilan birga, turli sohalarda, xususan, madaniy-gumanitar sohada ham hamkorlik yanada mustahkamlanmoqda.

Ochiq va konstruktiv ruhda o‘tgan muzokarada delegatsiyalar rahbarlari tomonidan O‘zbekiston – Tojikiston hamkorligiga yuqori baho berildi. Qayd etilganidek, ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va azmu shijoati bois oliy va yuqori darajalardagi aloqalar faollashdi, hukumatlararo komissiyalar majlislari o‘tkazildi.

Majlisda O‘zbekiston – Tojikiston davlat chegarasining ayrim uchastkalariga doir loyihalar ko‘rib chiqildi. Qisqa muddat ichida davlat chegarasini delimitatsiya qilish jarayonida sezilarli muvaffaqiyatga erishilgani qayd etildi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida imzolanishi rejalashtirilayotgan ikki tomonlama hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqib, oliy darajadagi tadbirlarning tashkiliy jihatlariga e’tibor qaratdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha qo‘shma protokol imzolandi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘onada hukumatlararo komissiya majlisi bo‘lib o‘tdi