Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona asalarichilik ishlab chiqarish o‘quv markazida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan izchil islohotlar bozorlarimizning to‘kinligini ta’minlash, aholiga sifatli, arzon va servitamin oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berishga xizmat qilayotir. Asalarichilikni yanada rivojlantirish, sohadagi ilg‘or tajribalarni keng ommalashtirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar bermoqda.

Viloyat asalarichilar uyushmasi qoshida tashkil etilgan mazkur ishlab chiqarish o‘quv markazida barcha sharoit yaratilgan. Markazda bir yilda 600 nafar mutaxassis o‘qitiladi. Zamonaviy o‘quv reja asosida olimlar tomonidan amaliyot darslari o‘tiladi.

Shavkat Mirziyoyev markazda amaliyot o‘tayotgan kollej o‘quvchilari bilan Farg‘ona asalarichilik tarixi, asalning shifobaxsh xususiyatlari, ta’lim jarayonida olib borilayotgan islohotlar haqida suhbatlashdi.

Farg‘ona tumani texnologiya kasb-hunar kolleji o‘quvchilari Botirali Mavlonov va Dilnavoz Eshmatova Prezidentimizga yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat, maktab ta’limi o‘n bir yillik qilib qayta belgilanishi borasidagi tashabbuslari uchun minnatdorlik bildirdi.

Viloyatda 1000 dan ortiq asalarichilik subyekti ro‘yxatga olingan. Ichki bozorni arzon, sifatli mahsulot bilan ta’minlashga qaratilayotgan alohida e’tibor shifobaxsh tabiiy ne’mat ishlab chiqarishni kengaytirishda muhim omil bo‘lmoqda.

Markazda ilmiy-tekshiruv laboratoriyasi, trening zallari, kutubxona, elektron arxiv bazasi, asalni qayta ishlash va qadoqlash sexi, tikuvchilik, mum-parda, asbob-uskuna va asalari uyasi ishlab chiqarish sexlari faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, asalarichilikda naslchilik laboratoriyasi, qariyb 2 gektar eksperimental bog‘ va asal beruvchi o‘simliklarni yetishtirishga mo‘ljallangan ekin maydoni tashkil etilgan.

Farg‘ona davlat universitetida asalarichilik bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish kerak, dedi davlatimiz rahbari. Agar mazkur sohaning ilmiy asoslarini o‘rgatadigan muassasa tashkil qilinsa, boshqa viloyatlardan ham yoshlar o‘qishga keladi. Bundan tashqari, xorijiy davlatlar, xususan, AQSh bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish lozim. O‘zbekiston – AQSh qo‘shma korxonasi tashkil qilinib, ikki mamlakatning yetakchi mutaxassislari doimo tajriba almashib turishi kerak.

Asalni me’yorida iste’mol qilish oshqozon-ichak kasalliklarining oldini oladi, immunitetni kuchaytiradi. Biologik faol moddalarga boy bu mahsulot insonning qon bosimini me’yorlashtirish xususiyatiga ham ega. Asalari mumi, yelimi (propolis) va suti ham shifobaxsh mahsulot sifatida zamonaviy tibbiyotda keng qo‘llaniladi. Farmatsevtikada dori-darmon sifatida ishlab chiqarilayotgan ari sutida to‘rt turdagi V, Ye vitamini, aminokislotalar mavjud.

40 kishining bandligi ta’minlangan markazda bir yilda 7 ming dona asal uyasi, 7 ming 500 dona yostiqcha, 3 ming dona maxsus kiyim va yuz niqobi ishlab chiqariladi.

Bir kecha kunduzda 200 kilogramm mum-parda tayyorlanadi. 200 tonna asalni qadoqlash sexi ishlab turibdi.

2016-yilda viloyatlarga 20 ming dona, chet davlatlarga 30 ming dona sifatli asalari paketlari yetkazib berildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev asalari uyalari va uskunalari ishlab chiqarish sexida olib borilayotgan ish jarayoni bilan tanishdi.

Shu yerda Xalq banki tomonidan viloyatda amalga oshiriladigan loyihalar taqdimoti ham o‘tkazildi.

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida tashkil qilinadigan 2 ming bosh qoramol boqishga mo‘ljallangan chorvachilik kompleksi va sutni qayta ishlash loyihasi 2018-yilning uchinchi choragida to‘la quvvat bilan ishga tushadi. 560 gektar maydonda quriladigan kompleksda 180 kishi ish bilan ta’minlanadi. Yiliga 4 ming tonnadan ortiq sut, 150 tonna go‘sht, 6000 tonna sut mahsulotlari qayta ishlanadi.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tomonidan Farg‘ona viloyatida 2017-2021-yillarda ipakchilikni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilgani ma’qullandi.

Pillachilikni yanada rivojlantirish uchun tut plantatsiyalarini tashkil qilish kerak, dedi davlatimiz rahbari. Sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, pillachilikda aholining doimiy ish bilan ta’minlanishiga erishish lozimligi alohida qayd etib o‘tildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Farg‘ona asali eksport qilinadi