O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari, Prezidentning davlat maslahatchilari, tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlari ishtirok etdi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga xorijiy, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish, davlat mulki xususiylashtirilgan obyektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, viloyat, tuman va shaharlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir ko‘plab vazifalar belgilangan. Mamlakatimizda erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish borasida olib borilayotgan ishlar bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2016-yil 26-oktabrdagi “Erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini faollashtirish va kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq ushbu zonalar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 14 ta erkin iqtisodiy zona faoliyat yuritmoqda. «Navoiy», «Angren», «Jizzax», «Urgut», «G‘ijduvon», «Qo‘qon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalarida umumiy qiymati 486 million dollarga teng 62 loyiha amalga oshirilgan, 4 ming 600 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. Farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan «Nukus-farm», «Zomin-farm», «Kosonsoy-farm», «Sirdaryo-farm», «Boysun-farm», «Bo‘stonliq-farm», «Parkent-farm» singari 7 yangi erkin iqtisodiy zonani rivojlantirish bo‘yicha izchil ishlar olib borilmoqda.

Yig‘ilishda erkin iqtisodiy zonalardagi natijalar qoniqarli emasligi, ularni yanada rivojlantirish uchun tartib-taomillarni soddalashtirish, investor va tadbirkorlarni jalb etishni kengaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Prezidentimiz topshirig‘iga asosan erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, xorijdan yuqori texnologik uskunalar xarid qilish uchun O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘i hisobidan 100 million dollar miqdorida chet el valyutasidagi kredit liniyasi ochilgan.

Kichik sanoat zonalarida direksiyalar tashkil etilgan. Kredit olish va bank xizmatlaridan foydalanishda muammo bo‘lmasligi uchun har bir zonaga muayyan tijorat banki biriktirilgan. Bozor talablari va import nomenklaturasini o‘rganish asosida tadbirkorlar uchun takliflar, istiqbolli loyihalar ro‘yxati shakllantirilgan. Kichik sanoat zonasida ishlaydigan subyektlar 2-yil barcha soliqlardan ozod etilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri tumanlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga tashriflari chog‘ida bo‘sh turgan yoki samarasiz ish yuritayotgan ishlab chiqarish binolarini borib ko‘rdi. Ulardan samarali foydalanish, yangi korxonalar tashkil etishni rag‘batlantirish maqsadida ushbu binolar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etildi. Mamlakatimizdagi kichik sanoat zonalari 96 taga yetdi.

Bugungi kungacha ushbu zonalarda umumiy qiymati 535 milliard so‘mga teng 1021 loyiha amalga oshirilgan, 9 ming 600 dan ziyod ish o‘rni yaratilgan. Loyihalar doirasida nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir bo‘lgan yengil sanoat, kimyo, oziq-ovqat mahsulotlari, elektr texnikasi buyumlari, zamonaviy qurilish materiallari, mebel va boshqa tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, 248 loyihani amalga oshirish natijasida 11 ming yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.

Yig‘ilishda kichik sanoat zonalarining sarmoyalarni jalb qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi farovonligini oshirishdagi ahamiyati xususida alohida to‘xtalib o‘tildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli vazirlik, idora va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bu sohadagi faoliyatini tanqid qilib, ularda tashabbuskorlik yetishmasligi, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni tashkil qilish darajasi sustligini ta’kidladi.

Xususan, mas’ul vazirlik va idoralar tomonidan loyihalarni ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish jarayoni murakkabligicha qolib, odatda rasmiy xarakter kasb etmoqda. Erkin iqtisodiy zona qatnashchilariga yer uchastkalari ajratish masalalarini hal etishda hanuz byurokratizm asoratlari saqlanib qolmoqda.

«Urgut», «Qo‘qon», «G‘ijduvon» va «Hazorasp» erkin iqtisodiy zonalari, shuningdek, farmatsevtika yo‘nalishidagi erkin iqtisodiy hududlarda yangi korxonalar tashkil etish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish ishlari sust bormoqda. Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv va boshqa kommunikatsiya tarmoqlari bilan barqaror ta’minlashda muammolar kuzatilmoqda.

Davlatimiz rahbari bu kabi kamchiliklarni bartaraf etish, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida investor va tadbirkorlarga yanada keng imkoniyatlar yaratishga oid kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Avvalo, ushbu zonalar faoliyatiga doir me’yoriy-huquqiy bazani qayta ko‘rib chiqish, bugungi zamon talablariga moslashtirish, barcha uchun ochiq va tushunarli mexanizm yaratish zarurligi ta’kidlandi.

Er uchastkalari, bo‘sh turgan binolarni ajratish tartibini soddalashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, erkin iqtisodiy zonalarda amalga oshiriladigan loyihalar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ma’muriy kengash tomonidan ko‘rib chiqiladi. Shu paytgacha bu kengash 17 vazirlik va idoradan iborat edi. Prezidentimiz ko‘rsatmasiga muvofiq ularning soni 4 ta etib belgilandi.

Bu borada yangi tizim – hududiy komissiyalar tashkil etilib, ularning loyihalarni ko‘rib chiqish va ruxsat berish huquqlari kengaytirildi. Shuningdek, iqtisodiy zonalarda joylashtirish uchun investitsiya loyihalarini tanlab olish mezoni qayta ko‘rib chiqiladi, erkin iqtisodiy zona ishtirokchilariga kredit ajratishni yaxshilash hamda muhandislik ta’minoti vositalari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinadi.

Yig‘ilishda erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarida joylashgan korxonalarni barcha zarur muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilma bilan o‘z vaqtida ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi