O‘zA O`zbek

18.08.2018 16:27 Chop etish versiyasi

Emomali Rahmon Tojikistonga jo‘nab ketdi

Emomali Rahmon Tojikistonga jo‘nab ketdi
Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning mamlakatimizga davlat tashrifi yakunlandi.

Samarqand xalqaro aeroportida uni Prezident Shavkat Mirziyoyev kuzatib qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlar strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilgani, turli sohalarga doir 27 ta hujjat va savdo shartnomalari imzolagani tashrifning eng muhim natijalari bo‘ldi.

3cdf2d93-f7d4-b8d0-fcf7-353da487f35f.jpg

O`zA
2 420