O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 6-may kuni Yashnobod tumanida bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvda poytaxtimizni kelgusi besh yilda rivojlantirish bo‘yicha o‘z dasturini taqdim qilgan va bu borada aniq takliflar ilgari surgan edi.

Dunyo bozorida raqobatbardosh sanoat mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqarish, zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ko‘p xonadonli arzon uy-joylar qurish, tadbirkorlarga qo‘shimcha imtiyozlar berish, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ko‘p qavatli uylarni ta’mirlash va ular hududini obodonlashtirish, shahar aholisini toza ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari bilan ta’minlash, ekologiya va sanitariya muhitini yaxshilash, metro, avtomobil yo‘llari va ko‘priklar qurilishini davom ettirish, profilaktika inspektorlari institutini mustahkamlash, aholining kitobxonlik madaniyatini oshirish, dori-darmonlarga narx belgilashni tartibga solish. Bu masalalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvda aytilgan reja va tadbirlarning bir qismi.

O‘tgan vaqt mobaynida yuqorida sanab o‘tilgan masalalarning barchasi bo‘yicha farmon, qaror va boshqa tegishli hujjatlar qabul qilinib, ijrosi izchil ta’minlanmoqda.

Davlatimiz rahbari dastlab Oybek ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda ishga tushirilgan zamonaviy, energiyatejamkor texnologiyalarni borib ko‘rdi.

Mamlakatimizda aholi farovonligini yuksaltirish, xonadonlar va ijtimoiy soha obyektlarini issiqlik energiyasi va issiq suv bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining shu yil 20-apreldagi “2018-2022-yillarda issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘lmoqda.

Ushbu qarorga muvofiq, Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti tizimini yangilash va modernizatsiya qilish, energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan mahalliy qozonxonalar qurish, ko‘p qavatli uy-joy fondi va ijtimoiy soha obyektlarida lokal issiqlik ta’minoti tizimini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli vazifalar belgilangan.

Poytaxtimizdagi markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimi uskunalari va tarmoqlar texnik va ma’naviy eskirgani, markaziy qozonxonalar iste’molchilardan uzoq joylashgani sababli issiqlik yetkazib berishda ayrim muammolar yuzaga kelmoqda.

Prezidentimiz qaroriga asosan poytaxtimiz tumanlarida zamonaviy qozonxonalar qurish, quyosh energiyasi bilan suvni isitadigan gelioqurilmalar negizida uy-joylar va ijtimoiy obyektlarni issiqlik bilan ta’minlash bo‘yicha dastur ishlab chiqilmoqda. Dasturga ko‘ra, joriy yilda poytaxtimizda 211, jumladan, ko‘p qavatli uylar tom qismida 134, mavzelar hududida 77 qozonxona quriladi. Ushbu maqsadlar uchun sarflanadigan 170 milliard so‘m mablag‘ tijorat banklari kreditlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Oybek ko‘chasidagi 40- va 42-uylarda ishga tushirilgan qozonxonalar gelio suv isitgichlari bilan jihozlangan. Bu qozonxona an’anaviy markazlashgan isitish tizimiga qaraganda birmuncha afzalliklarga ega. Qozonxonada zamonaviy texnologiya asosida quyosh nuridan issiqlik energiyasi ishlab chiqarilib, suv xonadonlarga taqsimlanadi. Bu tabiiy gazni tejash, iste’molchilarga issiqlik energiyasi yetkazib berishda yo‘qotishlar va avariya holatlarining oldini olish, ortiqcha sarf-xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi.

Qozonxonada soatiga 416 kilovatt issiqlik energiyasi ishlab chiqariladi. Loyiha qiymati 460 million so‘m bo‘lib, xarajatlar “Toshissiqquvvati” ishlab chiqarish birlashmasi unitar korxonasi hisobidan qoplangan. Uy yuqorisidagi texnik qavatda qozonxona, tomda quyosh kollektorlari o‘rnatilgan.

Quyosh suv isitgichlari ekologik tozaligi, ko‘p xizmat talab etmasligi va uzoq muddat foydalanish mumkinligi bilan ajralib turadi. Bunday texnologiyalar nafaqat quyoshli, balki bulutli kunlarda ham energiya ishlab chiqara oladi.

Bu ishlardan ko‘zlangan asosiy maqsad ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi uchun qulay shart-sharoit yaratishdir, dedi Prezidentimiz. Kommunal sohani yanada takomillashtirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish uchun quyosh energiyasi asosida ishlaydigan issiqlik energiyasi tizimiga o‘tishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Toshkent shahrida kelgusi uch yilga mo‘ljallangan alohida tizim ishlab chiqiladi. Bu tizim quyosh energiyasi yordamida uy-joylar va ijtimoiy obyektlarni issiq suv va energiya bilan uzluksiz ta’minlash, energiya resurslarini tejash va aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbari gelioqurilmalar ishlab chiqaruvchi korxonalar mahsulotlari bilan tanishdi.

Qozonxonalar qurish va ulardan foydalanishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, malakali mutaxassislarni jalb etish borasida zarur ko‘rsatmalar berildi.

Shavkat Mirziyoyev «Toshkent qog‘ozi» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi.

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq hududlar iqtisodiyotini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, xalqimizning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo‘jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilgan izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

«Toshkent qog‘ozi» mas’uliyati cheklangan jamiyatining umumiy yer maydoni 12 gektardan ziyod, bino va inshootlar maydoni 4,5 gektar. Bu yerda ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur infratuzilma, tayyor imkoniyat mavjud. Bu salohiyatdan foydalanish maqsadida jamiyat hududida kichik sanoat zonasi tashkil etish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz bu yerdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish, zavod binolarini ishbilarmon va tadbirkorlarga imtiyozli asosda berish, ularda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish zarurligini ta’kidladi.

Shu yerning o‘zida Yashnobod tumanida amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Tumanda sanoat va xizmatlar sohasini rivojlantirish, aholini tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo‘yicha aniq reja ishlab chiqilgan.

Yashnobodda qaysi yo‘nalishlarga ehtiyoj ko‘pligidan kelib chiqib alohida tizim yaratish kerak. Biznes-inkubatorlar tashkil etish orqali odamlarning ishonchini oshirish, dunyoqarashini o‘zgartirish, tadbirkorlikka jalb etish lozim. Bozorni o‘rganib, talab yuqori bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy fikrlaydigan yoshlarga keng imkoniyat berish zarur, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Tijorat banklari ko‘magida tumanda dori va tibbiyot vositalari, maxsus kiyimlar, qog‘oz, laminat panellar, yog‘ va yem mahsulotlari, travertin va marmar plitalar, sim o‘ramlari ishlab chiqarish, ko‘ngilochar maskanlar, zamonaviy bozor va xususiy klinika tashkil etish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari ushbu loyihalarning tashabbuskori bo‘lgan tadbirkor va investorlar bilan suhbatlashdi. Rejalarni o‘z vaqtida amalga oshirish, ishbilarmonlarga qo‘shimcha imtiyozlar yaratish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

Prezidentimiz kutilmaganda 32-oilaviy poliklinikaga kirdi.

Davlatimiz rahbari poliklinikaning ish tartibi bilan qiziqdi. Tibbiyot muassasasining samaradorligini oshirish, uylarga chiqib, aholiga patronaj xizmati ko‘rsatishni yanada kuchaytirish zarurligini ta’kidladi. Mavjud muammolarni qisqa muddatda bartaraf etish, poliklinikani ta’mirlash va aholi uchun qulayliklarni oshirish, tibbiy yordam qamrovini kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

2017-yilning Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilinganida ham katta ma’no mujassam. Zero, inson manfaatlari deganda insonning salomatligi, zamonaviy tibbiy xizmatdan to‘laqonli foydalanishi ham nazarda tutiladi.

Prezidentimiz sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan bir necha marotaba uchrashib, birlamchi tibbiyot muassasalari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Soha rivojiga qaratilgan bir nechta farmon va qarorlar qabul qilindi, ularning ijrosi izchillik bilan ta’minlanmoqda.

32-oilaviy poliklinika 27 ming 300 ga yaqin aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda. Bolalar va tug‘ish yoshidagi ayollar, keksalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan poytaxtimizdagi har bir poliklinikaga tez tibbiy yordam mashinalari ajratildi. 32-oilaviy poliklinikada ham tez tibbiy yordam punkti faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Prezidentimiz shu yerda mahalla aholisi bilan muloqotda bo‘ldi.

O‘zbekistonda xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish jadal sur’atda rivojlanayotir. Bu borada, ayniqsa, elektr texnika sanoati yuqori natijalarga erishmoqda. Tarmoqqa katta hajmdagi investitsiyalar jalb etilgan holda yangi-yangi korxonalar tashkil qilinmoqda. Zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan bu korxonalarda eksportbop iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.

Bugungi kunda “Artel” brendi ostida muzlatgich, televizor, kir yuvish mashinasi, gaz plitasi, konditsioner, mikroto‘lqinli pech, changyutgich, qo‘l telefoni kabi eng so‘nggi rusumdagi maishiy texnika vositalari ishlab chiqarilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev zavoddagi ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdi. Mahsulotlar turi, sifati va ishchi o‘rinlari bilan qiziqdi.

“Artel” brendi ostida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi. Prezidentimiz ko‘rgazma bilan tanishib, mahsulotlar turini ko‘paytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Shu yerda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkent shahri va tumanlar hokimlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, poytaxt jamoatchiligi vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, joylardagi Xalq qabulxonalari xalq bilan muloqotning muhim tizimiga aylangani, turli masalalarga o‘z vaqtida yechim topilib, odamlarni rozi qilayotgani ta’kidlandi. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi qayd etildi. Aholiga barcha zarur sharoitlar yaratish, kommunikatsiya tizimlarini yangilash, hududlarni obodonlashtirish, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
El-yurtga sadoqat bilan xizmat qilish – asosiy burchimizdir