O‘zA O`zbek

27.09.2018 Chop etish versiyasi

Tojikiston poytaxtida Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi ochildi

Tojikiston poytaxtida Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi ochildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon hamrohligida Dushanbe shahrida yangi ochilgan bogʻ bilan tanishib, Nuriddin Abdurahmon Jomiy va Nizomiddin Alisher Navoiy haykalining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Dushanbe, 27-sentyabr. 
OʻzA maxsus muxbiri Alouddin Gʻafforov xabar qiladi.

Oʻzbek va tojik – bir daryodan suv ichib, bir havodan nafas olib, hayotning barcha issigʻu sovugʻini birga totib kelayotgan, jondosh, qondosh, hammaslak xalqlardir.

Prezident Shavkat Mirziyoyev amalga oshirayotgan avvalo yaqin qoʻshnilar bilan hamkorlikni mustahkamlashga asoslangan siyosat zamirida nafaqat Oʻzbekiston manfaatini himoya qilish, balki ikki tomonlama munosabatlarni yangi bosqichga koʻtarish va yanada mustahkamlashdek ezgu maqsad mujassam.

Prezidentimiz tashabbusi bilan joriy yil 7-mart kuni Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomidagi markaziy istirohat bogʻida oʻzbek va tojik adabiyotining ikki buyuk mutafakkiri – Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari oʻrnatilgan edi. Davlatimiz rahbarining ana shu ezgu tashabbusiga javoban Dushanbe shahrida Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi barpo etilib, unda ikki buyuk siymo haykali ochilgani xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstona aloqalar mustahkamlanib borayotganining yorqin ifodasidir.

Prezidentlar Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy haykali poyiga gulchambarlar qoʻyib, daholar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

1db6d94a-8f84-f41e-e34d-726c102d602c.jpg

8525fec9-698e-6155-8589-c88415431259.jpg


2 863
OʻzA