O‘zA O`zbek

12.01.2018 21:00 Chop etish versiyasi

Diplomatlar “mudrab yotibdi”

O‘z faoliyatini tubdan o‘zgartirib, yangicha ruhda ishlayotgan elchilarimiz ham yo‘q emas. Ular aniq amaliy natijalarga erishmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ammo faoliyati bizni qoniqtirmaydigan, o‘z lavozimida uzoq o‘tirib qolgan, “mudrab yotgan” diplomatlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ularni uyqudan uyg‘otishning o‘zi amrimahol. Bu meni qattiq tashvishga solmoqda.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, faqat 2017-yilning o‘zida tashabbusi va natijadorligi yo‘qligi, sustkashligi hamda yo‘l qo‘ygan xatolari uchun 10 nafar elchi, jumladan, Xitoy, Yaponiya, Turkiya, Malayziya va boshqa davlatlardagi elchilar vazifasidan ozod etilgan.

O‘zA
9 301