19-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2014-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqdilar.

19-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2014-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqdilar. Ushbu masala yuzasidan moliya vazirining o‘rinbosari M.Mirzayev ma’ruza qildi. Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari S.Otamuratov qo‘shimcha ma’ruza bilan so‘zga chiqdi.

Davlat byudjetining hisobot davridagi ijrosi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhining, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi bir qator qo‘mitalarining majlislarida Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor idoralar vakillarining ishtirokida oldindan muhokama etildi. Muhokamalar chog‘ida mamlakatimizning bosh moliyaviy hujjatini ijro etish mexanizmini yanada takomillashtirishga qaratilgan talay amaliy takliflar bildirildi. 

Qonunchilik palatasi majlisida O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti 2014-yilning to‘qqiz oyida avval O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlangan parametrlarga muvofiq ijro etilganligi ta’kidlandi. Vazirlar Mahkamasining joriy yil yanvar oyida o‘tkazilgan majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tomonidan belgilab berilgan 2014-yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini aniq maqsadni ko‘zlagan holda amalga oshirish hisobot davrida iqtisodiyotning izchil ravishda o‘sishiga va makroiqtisodiy barqarorlikka xizmat qildi. Bu davrda yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 8,1 foizni, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmlarining o‘sishi 8,4 foizni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmlarining o‘sishi 6,8 foizni, chakana tovar aylanmasining o‘sish sur’atlari 14,2 foizni tashkil etdi. Mamlakatimizning asosiy moliyaviy hujjati hisobot davrida profitsit bilan bajarildi.

Mashinasozlik va metallga ishlov berish, qurilish materiallari ishlab chiqarish, yengil sanoat, tibbiy, oziq-ovqat sanoati, qora metallurgiya sanoati izchil rivojlandi, ularning sanoat ishlab chiqarishi umumiy tizimidagi ulushi o‘tgan yilning shu davrdagiga nisbatan ko‘paydi. Bank tizimining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar banklarning jami kapitali o‘sishini, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda aholi depozitlarining, aktivlar va kredit qo‘yilmalarining ko‘payishini ta’minladi.

Joriy yil boshidan buyon amalga oshirilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida 777,8 mingta yangi ish o‘rni, shu jumladan, qishloq joylarda 465 mingta ish o‘rni tashkil etildi. “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirishga katta e’tibor qaratilib, uni moliyalashtirishga barcha manbalardan 4,2 trillion so‘m va 200 million dollar mablag‘ yo‘naltirildi. Hisobot davrida sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat va sport sohalari o‘z vaqtida moliyalashtirib turildi, aholining kam ta’minlangan qatlamlari qo‘llab-quvvatlandi. Salmoqli darajadagi byudjet mablag‘lari ajratilishi ish haqi, stipendiyalar, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini yanada oshirish orqali aholi farovonligini izchil yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratdi. 

Savol-javoblardan keyin ushbu masala batafsil muhokama etildi. Muhokama chog‘ida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhining vakillari so‘zga chiqdilar.

Polyante Sveshnikov, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi:

– O‘zLiDeP deputatlari Davlat byudjetining joriy yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni ko‘rib chiqayotib, mamlakatimiz bosh moliyaviy hujjatining ro‘yobga chiqarilishini oxirgi besh yilning aynan shu davrlari bilan taqqoslagan holda tahlil qildilar. Biz O‘zbekiston Respublikasida asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning ijobiy o‘sishi doimo ta’minlanmoqda, iqtisodiyotning barcha sohalari va tarmoqlari yanada mutanosib rivojlanishi uchun mustahkam zamin yaratilgan degan xulosaga keldik. Bunda mamlakatimizning bosh moliyaviy hujjati har doim profitsit bilan hamda Oliy Majlisning ikkala palatasi tomonidan tasdiqlangan mezonlarga muvofiq ijro etilmoqda.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida mikrofirma va kichik korxonalarda ishlab chiqarish hajmi keyingi besh yil mobaynida oshganligini, bu esa, o‘z navbatida, yagona soliq to‘lovi tushumlarining ko‘payishiga olib kelganligini ta’kidlash quvonarlidir. Soliq yukining muntazam ravishda pasaytirilishi, xususiy tadbirkorlik subyektlariga berilgan bank kreditlari hajmining oshirilishi kichik biznesning jadal rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu mamlakatimizda agrar sektor, fermerlik harakati rivojlanishi uchun ham rag‘batlantiruvchi omil bo‘ldi. 

Iskandar Azizov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi: 

– Davlat byudjetining ijtimoiy sohaga ajratilayotgan mablag‘larining har yillik o‘sishi davlatimizning aholi farovonligini oshirish, mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning ijtimoiy yo‘naltirilganligini kuchaytirish masalalariga berayotgan e’tiborining oshayotganligidan darak berishini alohida ta’kidlab o‘tishni xohlardim. Misol uchun, agar 2010-yilda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ijtimoiy sohaga 5537,6 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2014-yilning 9 oyida ushbu ko‘rsatkich 13313,6 milliard so‘mni, ya’ni 2,5 baravar ko‘proqni tashkil etdi. Shu bilan birga hisobot davrida pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalarning o‘rtacha miqdori joriy yilning yanvar oyiga nisbatan 12 foizga oshdi, bu esa O‘zbekiston XDP elektoratining manfaatlariga mos keladi. 

O‘zbekiston XDP fraksiyasining faoliyatida kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini o‘z mutaxassisliklariga muvofiq ishga joylashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ustuvor masala sifatida belgilangan. Shu munosabat bilan 2014-yilning 9 oyi mobaynida kasb-hunar kollejlarini o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun sarflanadigan materiallar va zarur xomashyo bilan ta’minlash uchun davlat byudjetidan 8 milliard so‘m ajratilganligini qayd etib o‘tishni istardim. 

Jamila Niyozova, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi: 

– Besh yil davomida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining parlament quyi palatasidagi fraksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni muhokama etishda faol ishtirok etdi. Shuningdek, ushbu davrda byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirildi. Butun byudjet jarayonini o‘z ichiga oluvchi Byudjet kodeksining qabul qilinishi davlat moliyasini boshqarishning xalqaro standartlariga mos keladigan yagona qonunchilik bazasini yaratish imkonini berdi, bu esa, mahalliy byudjetlarning daromadlari manbalarini mustahkamlagan holda barcha darajadagi byudjet tizimi daromadlari hamda xarajatlarining va, umuman olganda, byudjetlararo munosabatlarning tartibga solinishini ta’minladi. 

Davlat byudjetining 2014-yil to‘qqiz oyidagi ijrosini muhokama etayotib, madaniyat, sport va ommaviy axborot vositalariga yo‘naltirilgan xarajatlar 2013-yilning aynan shu davriga nisbatan 19,8 foizga oshganligini qayd etish muhimdir. Ushbu xarajatlar asosan sportni rivojlantirish, axborot-kutubxona markazlari va ixtisoslashtirilgan kutubxonalarni moliyalashtirish, muzeylar, ko‘rgazmalar va ko‘rgazma zallari, madaniyat uylari va saroylari, teatr hamda musiqa truppalari, teleradio ko‘rsatuv va eshittirishlarni ta’minlash, kino mahsulotlarini yaratish hamda boshqa tadbirlarga yo‘naltirildi. Bizningcha, olis va borish qiyin bo‘lgan qishloq aholi punktlarida ham madaniyat maskanlarini, “Barkamol avlod” bolalar markazlarini, musiqa va san’at maktablarini moliyalashtirish uchun byudjet xarajatlarini oshirish juda muhimdir. 

Kamola Hamidova, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi: 

– Davlat byudjetining 2014-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning sur’atlari va xususiyatiga, zamonaviy hayot voqeliklariga to‘liq muvofiq keladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ilm-fanni rivojlantirishga yildan-yilga ko‘proq e’tibor berayotganligi bizni quvontiradi. Bu mamlakatimizda innovatsion iqtisodiyotni vujudga keltirish yuzasidan aniq maqsadli ishlar olib borilayotganidan darak beradi. Xususan, hisobot davrida ilm-fan uchun 113,9 milliard so‘m ajratildi, bu esa 2013-yilning shu davriga nisbatan 11,7 foizga ko‘proqdir. Shu jumladan, 69,2 milliard so‘m tarmoqlar bo‘yicha davlat ilmiy-texnik dasturlarining ustuvor yo‘nalishlarini moliyalashtirish uchun yo‘naltirildi. Shuningdek, innovatsion ishlanmalar dasturlarini moliyalashtirish, fanga xizmat qiluvchi muassasalar va noyob obyektlarni saqlash, uning rivojlanishi bilan bog‘liq boshqa xarajatlar uchun ham katta mablag‘lar ajratildi. Bu har doim ilm-fanga e’tiborni kuchaytirish, fan yutuqlarini ishlab chiqarishga va kundalik hayotga faol tatbiq etish tarafdori bo‘lib kelgan partiyamizning dasturiy maqsadlariga to‘liq muvofiq keladi. 

Siddiq Abduboqiyev, O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhi a’zosi: 

– Davlat byudjetidan atrof-muhitni muhofaza qilishga sarflanayotgan xarajatlar yil sayin ortib bormoqda. Agar 2010-yilda ushbu tadbirlar uchun ajratilgan byudjet mablag‘larining miqdori 48,9 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2013-yil yakunlariga ko‘ra, bu 122,8 milliard so‘mni, 2014-yilning to‘qqiz oyida esa deyarli 320 milliard so‘mni tashkil etdi. Bunda atmosfera havosi va suv resurslarini yaxshilash, oqova suvlar uchun tozalash inshootlarini qurish, o‘simlik va hayvonot olamini muhofaza qilish uchun davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘larning salmog‘i ortib bormoqda. Shuningdek, davlatimiz Orol bo‘yidagi ekologik tadbirlarga, sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashga, biologik xilma-xillikni saqlashga, chiqindilarni to‘plash va ularni utilizatsiya qilishga ham katta e’tibor bermoqda.

Deputatlar har tomonlama muhokama chog‘ida bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining 2014-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tasdiqladilar va tegishli qaror qabul qildilar.

Majlis chog‘ida deputatlar, shuningdek, mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida olib borilayotgan islohotlarning huquqiy bazasini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihalarini ham birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar. Jumladan, parlament a’zolari Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq ishlab chiqilgan “Investitsiya va pay fondlari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini muhokama etdilar. Qonun loyihasi mamlakatimizda jamoaviy investitsiyalash tizimini tashkil etishni rag‘batlantirishga, vaqtinchalik bo‘sh turgan pul mablag‘larini safarbar etishga hamda ularni milliy iqtisodiyotning turli sohalarini moliyalashtirishga yo‘naltirishga qaratilgandir. 

Majlisning kun tartibiga “Bolalarni ularning jismoniy va ma’naviy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan axborotdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham kiritildi. Ushbu qonun loyihasi “Sog‘lom bola yili” Davlat dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. Qonun loyihasi bolalarni jismoniy, ruhiy, ijtimoiy, axloqiy va ma’naviy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan axborotdan himoya qiladigan qonunchilik kafolatlari va tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni aniq belgilab qo‘yishga qaratilgandir. 

Qonun loyihalarini muhokama etish chog‘ida barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda O‘zbekiston Ekologik harakatidan saylangan deputatlar guruhining vakillari savollar va takliflar bilan so‘zga chiqdilar. Har tomonlama ko‘rib chiqishdan so‘ng deputatlar ushbu qonun loyihalarining asosiy qoidalarini ma’qulladilar hamda ularni birinchi o‘qishda qabul qildilar.

O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi 
Qonunchilik palatasining 
Axborot xizmati 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Davlat byudjetining 2014-yil to‘qqiz oyidagi ijrosi ko‘rib chiqildi