Tojik va o‘zbek xalqlari do‘stligi bundan keyin, yanada mustahkamlanishiga shak-shubha yo‘q. Do‘stlik daraxti shunchalar baquvvatki, u davr bo‘ronlarini, nogahon berilgan zarbalarni nazar-pisand qilmadi, to‘siqlarni mardonavor yengib, qomatini rostlab, gurkirab o‘saverdi, ko‘kka tomon bo‘y cho‘zaverdi.

Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalari Prezidentlari Emomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyevning oqilona siyosati sharofati bois, azaldan etu tirnoq bo‘lib kelgan ikki qondosh va jondosh – tojik va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlikning uzilmas rishtalari kundan-kunga mustahkamlanib, elimiz shodiyonalik bilan yashayotgani, qo‘shnichilik munosabatlarida hamkorlikning yangi ufqlari ochilayotgani ko‘ngillarga surur va shodlik bag‘ishlab, do‘st diydoriga mushtoq dillarni xushnud etmoqda. Do‘stlik tushunchasi yangi ma’no kashf etib, yuqori zinaga ko‘tarilayotganining guvohi bo‘lib turibmiz. Ikki xalq do‘stligining ravnaq topishi uchun qulay muhit yaratilib, eng yaxshi an’analarimiz qayta tiklanayotgani quvonchli voqea, albatta.

Taniqli jamoat va davlat arbobi, O‘zbekiston Respublikasiga uzoq yillar rahbarlik qilgan ulug‘ inson, atoqli adib Sharof Rashidovning yaxshi fazilatlari haqida gap ketganda, uni o‘zbek va tojik xalqi o‘rtasida mavjud do‘stlik ko‘prigining shoh ustuni edi, deb atashadi. Bu ta’rif behuda emas, albatta. Chunki Sharof Rashidov o‘zi ta’kidlaganday, tojik va o‘zbek - bir qushning ikki qanoti. Shuning uchun ham, u tojik va o‘zbek xalqining o‘zaro do‘stligini mustahkamlashga barakali va salmoqli hissa qo‘shdi, bu do‘stlikni o‘z asarlarida ulug‘ladi, baland pardalarda shoirona kuyladi va gard yuqtirmay, ko‘z qorachig‘iday avayladi va hurmat ko‘rsatdi.

Sharof Rashidovning tojik xalqiga nisbatan mehri va e’tibori bolalik chog‘laridayoq, avval oilada, so‘ng hozirgi Samarqand Davlat universitetining filologiya fakultetida tahsil olgan paytlarda yanada shakllanib, hayot mazmuniga aylangan edi.

Bu esa, Sharof Rashidovning adabiyotga, o‘z ona tili bilan birga tojik tilini ham mukammal o‘rganishiga, tojik adabiyoti namoyandalarining asarlari bilan yaqindan tanishishiga yo‘l ochdi. U ikki tilda olib borilgan adabiy mushoira va gurunglarda faol qatnashib, o‘zining she’riy mashqlarini ustozlar va tengdoshlari muhokamasiga havola qilib, tojik-fors adabiyoti boy merosini tinmay o‘rganar, undan bahramand bo‘lib, ma’naviy dunyosini boyitib borardi.

Sharof Rashidov buyuk tojik yozuvchisi Sadriddin Ayniyni o‘ziga ustoz, deb bilardi. Buni biz Ayniy domlaning «O‘rtoq Sharof Rashidovga» deb nomlangan xatidan ham bilishimiz mumkin. Ayniy domla bu xat orqali shoira Ra’no Uzoqova vafotidan so‘ng, uning qarovchisiz qolgan uch yashar qiziga moddiy yordam berish zarurligini so‘ragan edi. Sharof Rashidov ustozning bu murojaatini yerda qoldirmadi. Shoiraning qiziga balog‘atga yetgunga qadar davlat hisobidan moddiy yordam ko‘rsatildi. Bu maktub tojik va o‘zbek adabiyotining arbobi Sadriddin Ayniy va iste’dodli o‘zbek yozuvchisi Sharof Rashidov o‘rtasida nechog‘lik yaqinlik, hurmat va e’tibor bo‘lganligini tasdiqlovchi hujjatdir.

O‘z mehnat faoliyatini ijodkor, shoir va adib, jurnalistlikdan boshlagan Sharof Rashidov asarlarini ko‘zdan kechirsangiz xalqlar do‘stligi mavzusi yetakchi o‘rinni egallaganining guvohi bo‘lasiz.

–Tojik va o‘zbek xalqi do‘stligi kabi bir-biriga yaqin va qadrdon do‘stlikni boshqa xalqlar do‘stligiga qiyos qiladigan bo‘lsak, shubhasiz, uni ko‘z-ko‘z qilsak arzigulikdir, – degan edi Sharof Rashidov. - Bu do‘stlik ildizlari g‘oyat teran va baquvvat bo‘lib, asrlar osha chuqurlashib, tomir otib, do‘stlik daraxtiga barhayotlik bag‘ishlab turibdi...

Sharof Rashidov butun hayoti davomida ana shu ulug‘vor g‘oyaga sodiq bo‘lib qoldi. Oilada ham, hayotda ham, ijodda ham tojik va o‘zbek xalqlarining birligi, yagonaligi uchun Hofiz Sheroziy aytganiday, do‘stlik daraxti hamisha yashillanib turishi uchun kurashdi. Tojik va o‘zbek xalqlari o‘rtasida ko‘prik bo‘ldi. Qayerda bo‘lmasin do‘stlikni sharafladi, do‘stlikka hidoyat etdi. Bu mazmun uning amaliy ishlaridagina emas, balki asarlarida ham o‘z ifodasini topdi.

Tojik va o‘zbek xalqlarining do‘stligi borasida Sharof Rashidov boshlagan ulug‘ ishlar bugungi kunda ikki respublika sarvarlari Emomali Rahmon va Shavkat Mirziyoyev tomonidan izchil davom ettirilayotganligi qalblarga quvonch bag‘ishlaydi.

Dushanbe-Toshkent, Dushanbe-Ko‘lob-Termiz poyezd yo‘llari qayta tiklanayotganligi, O‘zbekiston Hukumatining qarori bilan atoqli tojik yozuvchisi Sadriddin Ayniy tavalludining 140 yilligi munosabati bilan domla Ayniyning Samarqanddagi uy-muzeyini qayta ta’mirlash uchun hukumat tomonidan mablag‘ ajratilganligi va nihoyat, bordi-keldini osonlashtirish chora-tadbirlari belgilanayotganligi ikki xalq do‘stligini mustahkamlash yo‘lida qo‘yilgan dadil qadamlardir.

Navbatdagi qadamlar hali oldinda. O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovning o‘lkamizga tashrif buyurganini ulug‘ ishlarning debochasi, deyish mumkin. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, bu tashrif zamirida uning Tojikistonga qiladigan safariga sharoit muhayyo etishdek ulug‘vor maqsad bor.

Zotan, bu ikki yelkadosh xalq kecha ham, bugun ham, ertaga ham bir-birisiz, bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zmay yashay olmaydi. Faqat bir-birini anglash, o‘zaro hamkorlik orqaligina ikki tomon ham muvaffaqiyatga erisha oladi.

Har ikki tomon xalqlari oliy darajada o‘tadigan bu uchrashuvni intiq-intizor kutayotganligi oyday ravshan.

Ikki davlat rahbarlarining muborak qo‘llari bilan yoqib qo‘yilgan umid chirog‘i yana qanchadan-qancha ezgu ishlarga mushtoq ko‘ngillarni yoritishiga, jamuljam orzularning ushalishiga xizmat qilishi aniq.

O‘z navbatida, hurmatli Prezidentimiz muhtaram Emomali Rahmon ham tojik va o‘zbek xalqlarining do‘stligini xudovand amri bilandir, deb atagan.

– Zilol suvli soylar purviqor tog‘ cho‘qqilaridan boshlangani kabi ikki xalq do‘stligining zilol soylari o‘zanini ikki buyuk siymo– Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy qazib berganini eslatib o‘tish farahbaxshdir,–deya ta’kidladi Millat peshvosi. - Biz bu do‘stlik bulog‘ining musaffo suvlariga aslo gard yuqtirmaymiz, uni ko‘z qorachig‘idek avaylab asraymiz. Bu suvning musaffo yuzalarida xazon barglari emas, nilufar gullari qiyg‘os ochilib, suzib yurishini istaymiz…

Tojik va o‘zbek xalqlari do‘stligi bundan keyin, yanada mustahkamlanishiga shak-shubha yo‘q. Do‘stlik daraxti shunchalar baquvvatki, u davr bo‘ronlarini, nogahon berilgan zarbalarni nazar-pisand qilmadi, to‘siqlarni mardonavor yengib, qomatini rostlab, gurkirab o‘saverdi, ko‘kka tomon bo‘y cho‘zaverdi. Chunki mehr suvidan bahra olib, quyosh nuriga yo‘g‘rilgan do‘stlik daraxti bugun ham ishonchli qo‘llarda.

Do‘stlik daraxtining o‘z bog‘bonlari bor. Ikki xalqning ulug‘ sarvarlari bog‘bonlik qilayotgan bu do‘stlik daraxti asrlar osha barq urib yashnayveradi. Oqil va dono rahbarlarimiz bor ekan, do‘stlik daraxti dillarni bir-biriga bog‘layveradi…

Sulaymon Ermatov,
Tojikiston yozuvchilari ittifoqi a’zosi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Do‘stlik daraxtining bog‘bonlari bor