Chuqur hamdardlik
Qirg’iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atambaev Janobi Oliylariga
Qirg’iziston Respublikasi PrezidentiAlmazbek Atambaev Janobi Oliylariga
Muhtaram Almazbek Sharshenovich!
O’sh viloyati O’zgan tumanida 2017 yil 29 aprel kuni sodir bo’lgan tuproq ko’chkisi oqibatida ko’plab insonlar halok bo’lgani haqidagi xabarni og’ir qayg’u bilan qabul qildim.
Mening chuqur ta’ziyamni qabul qilishingizni va butun Qirg’iziston xalqiga, jumladan, halok bo’lganlar va jabr ko’rganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so’rayman.
Qayg’u bilan,
Shavkat Mirziyoyev,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Toshkent shahri,
2017 yil 29 aprel.