Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.02.2017 15:26 Chop etish versiyasi

Chexiya delegatsiyasi uchrashuvlari

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida Chexiya Respublikasi parlamenti Deputatlar palatasi raisi Yan Gamachek boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov O‘zbekiston bilan Chexiya o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ishonch, hurmat va manfaatdorlik asosida izchil rivojlanayotgani, mazkur tashrif parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirish, madaniy-gumanitar, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Chexiyaning qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasidagi hamkorlikning turli yo‘nalishlariga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi. Ikki tomonlama munosabatlarning huquqiy asosini yanada mustahkamlashda parlamentlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

– Jadal sur’atlar bilan taraqqiy etayotgan O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda, – dedi Yan Gamachek. – Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi parlamentlararo aloqalarning mustahkamlanishi, ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishdagi o‘zaro muloqotlarning muntazamlik kasb etgani boshqa sohalardagi hamkorlik rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. Do‘stlik va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan aloqalarimizni yanada mustahkamlash, istiqbolli loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirishdan mamnunmiz.

Tadbirda mehmonlarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, qo‘mitalar, fraksiyalar va deputatlik guruhlarining faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida ham Chexiya delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Oliy Majlis Senati Raisi N.Yo‘ldoshev O‘zbekiston va Chexiya o‘rtasida o‘zaro ishonch, manfaatdorlik hamda ochiq muloqotga asoslangan munosabatlar rivoj topayotganini qayd etdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasida ko‘plab sohalarda, xususan, iqtisodiyot, tibbiyot, madaniyat va ta’lim, ilm-fan, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari haqida fikr almashildi.

Chexiya delegatsiyasi a’zolari turli vazirlik va idoralarda uchrashuvlar o‘tkazdi, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari biznes-forumida qatnashdi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi bilan tanishdi.

Sevara Alijonova, O‘zA
2 313






Все о погоде - Pogoda.uz