Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.02.2017 19:43 Chop etish versiyasi

Chexiya delegatsiyasi Samarqandda

Mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan Chexiya Respublikasi Parlamenti Deputatlar palatasi raisi Ya.Gamachek boshchiligidagi delegatsiya a’zolari 8-fevral kuni Samarqand shahriga tashrif buyurdi.

Mehmonlar dastlab Hazrati Xizr majmuasida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Buyuk Yo‘lboshchimiz qabriga gul qo‘yilib, uning xotirasiga hurmat bajo keltirildi.

Delegatsiya a’zolari Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Xo‘ja Doniyor ziyoratgohi, Amir Temur maqbarasida bo‘ldi.

Registon majmuasi va bu yerda namoyish etilgan milliy hunarmandlik mahsulotlari ko‘rgazmasi mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Mehmonlar bunday noyob me’moriy obidalarni bunyod etgan buyuk ajdodlarimiz aqlu zakovati va uni bezavol asrab kelayotgan bugungi avlodning tariximizga munosabatiga yuksak baho berdi.

Mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “PULSAR GROUP BREWERY” O‘zbekiston – Chexiya qo‘shma korxonasi faoliyati bilan tanishuv ham taassurotlarga boy bo‘ldi.

G‘olib Hasanov, O‘zA
465






Все о погоде - Pogoda.uz