Prezidentimiz poytaxtimizning Olmazor tumanidagi Imom Termiziy jome’ masjidida bo‘ldi.

Butun dunyoda buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga qiziqish  hamisha yuqori bo‘lgan. Xorijiy mamlakatlarda ularning hayoti va faoliyati haqida ilmiy va badiiy asarlar yaratilgan.

Birinchi Prezidentimiz rahnamoligida buyuk olim va mutafakkirlarimiz, qadimiy shaharlarimiz yubileylari xalqaro miqyosda nishonlandi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ulug‘ allomalarimiz, aziz-avliyolarimiz qadamjolarini obod etish ishlari izchil davom ettirilmoqda. Milliy ma’naviy merosimizni tiklash va asrab-avaylash, ilm-fan va ta’limni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Buyuk bobolarimiz tafakkuri mahsuli bo‘lgan tarix, adabiyot, san’at, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, kimyo, astronomiya, me’morlik, din va boshqa sohalarga oid minglab noyob qo‘lyozmalar bizning bebaho boyligimizdir. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bunday boy merosga ega bo‘lgan xalq dunyoda kamdan-kam topiladi.

Islom madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk vatandoshimiz Abu Iso Termiziy va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Biz baxtiyor avlodmiz, baxtli xalqmiz, chunki shunday buyuk ajdodlarning vorisimiz, dedi Prezidentimiz. Xalqimiz farovonligi, mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida qilayotgan ishlarimiz bilan ulug‘ ajdodlarimizga munosib bo‘lishimiz kerak. Bu barchamizdan yuksak mas’uliyat talab qiladi.

Shavkat Mirziyoyev nuroniylar bilan suhbatda dunyoning turli hududlarida islom dinini niqob qilib olgan kimsalar qanchadan-qancha begunoh odamlarning umriga zomin bo‘layotganini,  bunday qabih harakatlar muqaddas dinimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmasligini, farzandlarimizni ana shunday yovuz niyatli kuchlar, ekstremistik g‘oyalar ta’siridan asrab-avaylashimiz zarurligini qayd etdi.

Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida Islom madaniyati markazini tashkil qilamiz, dedi Shavkat Mirziyoyev. Yurtdoshlarimiz, mamlakatimizga keladigan mehmonlar bu yerda buyuk allomalarimizning bebaho merosi namunalari bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmog‘i lozim.

Prezidentimiz mutasaddilarga masjidni rekonstruksiya qilish bo‘yicha topshiriq berdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buyuk ajdodlarga munosib avlod bo‘lish mas’uliyati