2018-yilning 13-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Buxoro yahudiylarining Butunjahon kongressi (BYBK) prezidenti, taniqli tadbirkor va jamoat arbobi Lev Levayev boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda TIVning matbuot xizmati xabar berdi.

Delegatsiya tarkibidan AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi raisi Boris Kandov, Rossiya Buxoro yahudiylari kongressi raisi Yakov Leviyev va boshqalar o‘rin olgan.

Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan suhbatda O‘zbekiston va BYBK o‘rtasidagi munosabatlarning holati va istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda qayd etilganidek, xalqlarimizning o‘zaro hamkorligi uzoq tarixga ega bo‘lib, ko‘p asrlar ilgari hozirgi O‘zbekiston hududida yahudiy jamoalari paydo bo‘lgan davrga borib taqaladi. Asrlar davomida Buxoro yahudiylari tinchlik va totuvlikda yashab, o‘zbek zaminida o‘z Vatanlarini topdilar.

Isroil, AQSh va boshqa mamlakatlarda istiqomat qilayotgan asli o‘zbekistonlik yahudiylar mamlakatimiz bilan aloqalarini uzmasdan, o‘zbek xalqiga samimiy va chuqur hurmat hissini saqlayotganligi yurtimizda yuqori baholanadi. Bu esa o‘z navbatida xalqlarimiz farovonligi yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlikni izchil mustahkamlash va aloqalarni kengaytirish imkonini yaratadi.

Turli darajalardagi o‘zaro almashinuvlarga doir masalalarni muhokama qilish chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyevning 12-fevralda kuchga kirgan Farmoniga muvofiq Isroil fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz kirish to‘g‘risidagi nizomini BYBK delegatsiyasi mamnuniyat bilan qayd etdi. Isroilda 100 mingdan ortiq asli o‘zbekistonlik yahudiylar istiqomat qiladi.

Uchrashuvda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoro yahudiylarining Butunjahon kongressi delegatsiyasi bilan uchrashuv