Kengash O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n ikkinchi yalpi majlisini shu yilning 4-oktabr kuni Toshkent shahrida chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Majlisni Oliy Majlis Senati Raisi N.Yo‘ldoshev boshqardi.

Senatning yalpi majlisi kun tartibiga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini tubdan oshirishga, xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturining izchil ijrosiga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari va masalalar kiritilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-6-sentabr kunlari Qirg‘iziston Respublikasiga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarning o‘z vaqtida va to‘liq ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash bo‘yicha amaliy harakatlar rejasini (“Yo‘l xaritasi”ni) ijro etish maqsadida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasi to‘g‘risidagi Shartnomani (Bishkek, 2017-yil 5-sentabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunning qabul qilinishi muhim ekanligi Oliy Majlis yuqori palatasi vakillari tomonidan alohida ta’kidlandi.

Mazkur huquqiy hujjat Oliy Majlis Qonunchilik palatasida, jumladan, siyosiy partiyalar fraksiyalarida ekspertlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining vakillari ishtirokida har tomonlama muhokama etilib, joriy yilning 28-sentabr kuni parlamentning quyi palatasi tomonidan qabul qilindi.

Qonun Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi huzurida tuzilgan ishchi guruh tomonidan ilmiy va ekspertlar doiralari vakillarini jalb qilgan holda dastlabki tarzda o‘rganib chiqildi.

Qonun ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, yaqin qo‘shnilar – O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston o‘rtasida do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash uchun yangi ruh bag‘ishlashi ta’kidlandi.

Shundan kelib chiqqan holda, Oliy Majlis Senati Kengashining a’zolari mazkur qonunni ma’qullash uchun Senatning bo‘lajak o‘n ikkinchi yalpi majlisi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qildilar.

Oliy Majlis Senati ko‘rib chiqishi uchun “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro mehnat standartlariga muvofiq fuqarolarning kafolatlangan mehnat huquqlarini ta’minlash to‘g‘risidagi masala ham kiritilmoqda.

Yalpi majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining vakolatiga kiradigan boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish rejalashtirilmoqda.

Oliy Majlis Senati qo‘mitalari va devonining o‘n ikkinchi yalpi majlisga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir ishlarini muvofiqlashtirish uchun Kengash tomonidan ishchi guruh tuzildi.

O‘zbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi